Breaking News

Vashingtonda Kuba elchixonasi ishga tushdi


Qo'shma Shtatlar va Kuba yarim asrlik adovatga yakun yasab, bugun to'laqonli diplomatik aloqalarni tikladi.

Davlat departamenti uzra bugundan e'tiboran Kubaning qizil, oq va ko'k chiziq tortilgan bayrog'i hilpiramoqda.

Ikki davlatda hozir ikkisining elchixonasi ishlamoqda.

Bugun Vashingtonda elchixonaning ochilish marosimida Kuba Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodrigez Parrilla ham qatnashadi.

Shunigdek, bosh diplomat, Davlat kotibi Jon Kerri Kuba diplomatini qabul qilib oladi. Kechroq ular qo'shma matbuot anjumani o'tkazadi.

So'ng Kerri Gavanaga borib, Amerika elchixonasining rasmiy ochilish marosimida qatnashadi.

Biroq respublikachi senator Marko Rubioning aytishicha, Kubada inson huquqlari bilan bog'liq qonunbuzarliklarga yetarlicha e'tibor berilmayapti.

Gavanada Amerika bayrog'i ko'tarilishi uchun huquqiy mezonlarimizdan voz kechish to'g'ri emas, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG