Breaking News

Amerika xakerlarga qarshi yangi strategiya ishlab chiqdi


Rasmiylar hisob-kitobiga ko’ra, bunday qaroqchilik natijasida Amerika kompaniyalari o’tgan yili 300 milliard dollar ziyon ko’rgan.
Rasmiylar hisob-kitobiga ko’ra, bunday qaroqchilik natijasida Amerika kompaniyalari o’tgan yili 300 milliard dollar ziyon ko’rgan.
Qo’shma Shtatlar xakerlar va kiber josuslar hujumlari ko’paygan bir damda, qarshi strategiya ishlab chiqqan.

Texnologiya taraqqiy etgani sari Amerikani nishonga olish tobora osonlashib bormoqda, deydi AQSh Adliya vaziri Erik Xolder.

Muvaffaqiyatli savdoga doir maxfiy ma’lumot million, milliardlab dollar turishi mumkin, deydi rasmiy.

Uni oldirib qo’yish natijasida kompaniyalar yopilishi, xodimlar ishidan ayrilishi, zavodlar yopilib, raqobat qila olmay qolishi mumkin, deydi Xolder.

Yangi strategiya AQSh savdo sirlariga ko’z tikkan shaxslar va davlatlarni jarima va sanksiyalar bilan jazolashni nazarda tutadi.

Rasmiylar hisob-kitobiga ko’ra, bunday qaroqchilik natijasida Amerika kompaniyalari o’tgan yili 300 milliard dollar ziyon ko’rgan.

Aksariyat kiber hujumlar Xitoydan amalga oshirilgani aytiladi.

Kiber-xurujlar, Xitoy va Amerika/Cyber wars
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG