Detroyt San’at muzeyidan noyob asarlar joy olgan. Bu shahar mulki. Detroyt ma’muriyati shaharni bankrot deb e’lon qilganidan buyon ko’plar bu madaniy dargoh kolleksiyasi sotib yuborilishidan xavotirda.
Bu katta zallarda 60 mingdan ziyod san’at asari saqlanadi. AQShdagi eng katta kolleksiyalardan.
Detroyt San’at muzeyi institutiga kelgan odam Vinsent Van Gog mo’yqalamiga mansub portretni yaqindan tomosha qilishi yoki Vilyam-Adolf Burjeroning xuddi fotosuratga o’xshab chizilgan “Yong’oq terimi” kartinasini ko’rishi mumkin.
Bu asarlar orasida rassom Diego Riveraning Detroyt avtosanoatiga bag’ishlan katta devor freskalari virjiniyalik uchuvchi Terrens O’Tul e’tiborini o’ziga tortdi.
“Bu yerga kelib, zavodning turli elatlarga mansub ishchilari tasvirlangan freskalarni tomosha qilgim keldi,” - deydi u.
Devorlardagi izohlarga diqqat bilan qarasangiz, ularning ko’pginasida “Detroyt shahri mulki” degan yozuvni ko’rasiz.
Detroyt muzeyining dunyoning aksariyat muzeylaridan farqi shundaki, ham bino, ham san’at asarlariga egalik qiladi.
Detroyt rasmiylari shaharni bankrot deb e’lon qilishidan oldin muzey kolleksiyasi narxini bilish uchun inventarizatsiya o’tkazishni talab qildi. Bu nafaqat muzey xodimlari, balki shahar fuqarolarini ham ranjitdi.
“Bu shaharning barcha fuqarosiga qarshi, atrof hududlarda yashaydiganlarga ham qarshi qadam,” - deydi kitob do’koni sohibi Jon King.
U Detroytda tug’ilib o’sgan. Shahardagi iqtisodiy ahvol og’irlashgan sari odamlar boshqa joylarga ko’chib ketsa ham, King bu yerda qolishni afzal ko’rdi. Detroyt muzeyi shahar ruhiyati uchun muhim, deydi.
“San’at asarlarini sotish haqida o’ylashning o’zi jinoyat. Boshqa mulkni sotsa bo’ladi-ku, shunday emasmi?! Detroyt san’at muzeyiga qo’l tekkizmasin ular,” - deydi King.
Michigan universitetidan iqtisod va moliya bo’yicha professor Amiyatosh Purnanandan deydiki, Detroyt muzeyi kolleksiyasi sotilganida ham shahar qarzini qoplamaydi.
“Umumiy qarz 18 milliard dollar atrofida. San’at muzeyi asarlari esa 1-2 milliardga sotilishi mumkin. Sotilgan taqdirda ham, muammoni hal etmaydi-da,” - tushuntiradi professor.
“Axir bu asarni qanday qilib sotish mumkin?!” - deydi Terrens O’Tul. U kolleksiyani sotuvga qo’yish xato bo’ladi, degan fikrda:
“Muzeyga odamlar keladi, demak, pul ham kelmoqda, to’g’rimi? Shaharga aynan shu kerak emasmi, axir?”
ArtServe Michigan nomli nodavlat tashkilotiga ko’ra, 2011-yilda shtat g’aznasiga turizmdan 2 milliard dollar foyda tushgan. Asosiy manba - Detroyt san’at muzeyi va boshqa madaniy dargohlar. Muzey kolleksiyasini sotish nafaqat turizm uchun zarba bo’ladi, balki ekspertlar fikricha, shuncha asarning sotuvga chiqarilishi ularning narxini pasaytirib yuborishi mumkin. Natijada shahar pul yutqizadi, deb ogohlantirmoqda mutaxassislar.