Breaking News

AQShda dronlar tijoriy vositalarga aylanmoqda


So’nggi yillarda dronlar nimaligini hammamiz yaxshi bilib oldik. Uchuvchisiz, yerdan turib boshqariladigan bu samolyotlarning urush zonalarida ishlatilishini eshitganmiz. AQShda esa ilk bor ulardan tijoriy maqsadda foydalanishni ko’zda tutuvchi qaror qabul qilindi. Endi dronlardan Alyaskadagi neft inshootlarini tekshirishdan tortib xaridorga pitsa eltishgacha bo’lgan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Eskpertlar yangi amaliyotning iqtisod uchun foydasi katta ekanini aytmoqda.
Kamerali dronlar tomoshabinlarga tepadan olingan ajoyib videolarni namoyish qila oladi.

Ilgari kino uchun bunday tasvirlarni olish juda murakkab bo’lib, inson boshqaradigan samolyotlarni talab qilar edi. Endi esa kompyuter, dasturlar, aloqa jihozlari va elektronika yordamida – va shuningdek tadbirkorlar ishtirokida – ishni bir necha ming dollar turadigan va odamsiz boshqariladigan dronga topshirish mumkin.

Dronlar, shuningdek, ko’plab boshqa vazifalarni bajaradi. Masalan, “Amazon” onlayn savdo kompaniyasi uchuvchisiz samolyotlardan sotib olingan mahsulotni xaridor manziliga yetkazishda foydalanmoqchi.

Kaliforniya universitetida Japoniyada ishlab chiqarilgan dronlar yordamida dalalarga hasharotlarga qarshi kimyoviy modda sepish bo’yicha eksperiment o’tkazilmoqda. Bu ham samarali, hamda arzon, deydi olimlar.

Odamsiz mashinalar sistemasi uysuhmasi rahbari Maykl Toskano AQSh rasmiylari dronlarning boshqa samolyotlardan alohida ishlatilishini hamda ushbu yangi sanoatning rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi, degan umidda.

“Birinchi uch yil ichida iqtisodiyot bundan 13,6 milliard dollar foyda ko’radi, 70 mingta yangi ish joyi yaratiladi”, - deydi u.

Eskpertlar dronlar sanoatini rivojlantirish uchun kichik biznes hamda yirik texnologiyalar kerak, deydi. Soha katta sur’atlar bilan o’sib bormoqda.

“Team BlackSheep” dronlar kompaniyasi rahnari Rafael Pirkerning aytishicha, ilgari ko’ngilxushlik uchun ishlatilgan dronlar endi jiddiy biznesga aylanmoqda.

“Bu sohaga jiddiy tadbirkorlar aralashdi va gap endi daromad haqida ketmoqda. Ular, masalan, badiiy film suratga olinayotganida haqiqiy vertolyot va dron ishlatishning narxini qiyoslab ko’radi, video sifatini ham solishtiradi”, - deydi u.

Kichik va arzon dronlarni turli sohalarda ishlatish mumkinligi asta-sekin jamiyatni o’zgartirib yuborishi mumkin.

Londondagi Qirollik aeronavtika akademiyasi professori Kit Heyvord bu haqda shunday deydi:

“Jamiyatda inqilob yasamasa-da, juda chuqur o’zgarishga olib keladi. Bu aniq”.

Harbiy dronlar AQSh va ayrim boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Ularning josuslik va janglardagi faoliyatiga qarshi chiqayotganlar kam emas. Murakkab texnologiyaning narxi ham juda baland, bir necha million dollar turadi.

Tijoriy maqsadda ishlatiladigan dronlar esa pult yordamida uzoqdan boshqariladigan samolyotlardan paydo bo’lgan. Ular nisbatan arzon, vazni bir kilogramm atrofida. Bunday samolyot bomba emas, balki pitsa tashishga mos.

Dronlar iqtisodiy maqsadlarda ham ishlatilmoqda - Economy/Drones
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:36 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG