AQShda saylovlar nega noyabrda va aynan sehanba kuni o’tkazilishini bilasizmi?
Aslida boshidan bunday bo’lmagan. Ilk 15 prezident saylovi har xil kunda o’tgan, kunini shtatlarning o’zi belgilagan.
Axborot vositalari rivojlangach, bir shtatdagi saylov natijasi boshqasidagiga ta’sir qilmasligi uchun Kongress saylovni bir kunga – noyabr oyining birinchi dushanbasidan keyingi birinchi seshanbasiga belgiladi.
Nega seshanba deysizmi?
O’tmishda yo’llar yaxshi bo’lmagani uchun saylov uchastkasiga yo’l ba’zida bir kun vaqt olardi. Shuning uchun odamlar dushanba yo’lga chiqardi. Yakshanba nasroniylarning dam olish kuni bo’lgani uchun Kongress ularni bu kun bezovta qilishni istamagan.
Saylovlarning noyabr oyida o’tishiga sabab esa dalada yig’in-terimning tugagani, ammo hali sovuq qish kelmagani edi.
Hozir yo’llar yaxshi, fermerlar ancha kamroq bo’lishiga va ba’zilar saylovni shanba kunga ko’chirishni taklif qilishiga qaramay, noyabrning seshanbasida ovoz berish an’ana bo’lib qolgan.
Amerikada prezident saylovi nega noyabrda va seshanba kuni o'tkaziladi?
- Amerika Ovozi