Breaking News

Nevadada Klinton, Janubiy Karolinada Tramp g'olib; Bush poygadan chiqdi


Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogar Donald Tramp oilasi bilan Janubiy Karolinada, 20-fevral, 2016-yil
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogar Donald Tramp oilasi bilan Janubiy Karolinada, 20-fevral, 2016-yil

AQShda har ikki yirik partiyadan prezident saylovlariga yagona nomzodni tanlash jarayoni davom etarkan, Demokratik partiya a'zolarining Nevada shtatida o'tgan tanlovida sobiq davlat kotibi Xillari Klinton 52,7 foiz ovoz bilan raqibi, senator Berni Sandersni dog'da qoldirdi. Kuzatuvchilarga ko'ra, Sanders yaxshiroq natija ko'rsatishni istasa, yoshlardan boshqa toifa saylovchilari bilan ham targ'ibot ishlarini kuchaytirishi lozim.

Respublikachi da'vogarlar esa Janubiy Karolina shtatida o'tgan saylovlarda bellashdi. Tadbirkor Donald Tramp 32,5 foiz ovoz bilan marraga birinchi, senatorlar Marko Rubio va Ted Kruz ikkinchi va uchinchi bo'lib keldi.

Tramp 11 kun ilgari Nyu-Gemsphirdagi saylovlarda ham g'alaba qilgan edi.

Seshanba kuni respublikachilar Nevada qurultoyida qatnashadi. Saylov jarayonidagi eng muhim kun - 1-mart. "Super seshanba" nomini olgan bu kun bir necha shtatda partiyaviy saylovlar o'tadi.

Kuzatuv natijalariga ko'ra, Janubiy Karolinada harbiy faxriylarning aksariyati Trampga ovoz bergan.

Ilk uch tanlovda past natija ko'rsatgan Jeb Bush poygadan chiqishga qaror qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG