O’tgan yili AQShning Liviyadagi diplomatik vakolatxonasi hujumga uchrab, elchi va yana uch amerikalik halok bo’lgan edi. Bu voqea ketidan AQShning butun dunyo bo’ylab elchixonalarida xavfsizlik kuchaytirilmoqda.
Yangi tartib-qoidalar, diplomatik idoralarni baland devor bilan o’rash, ayrimlar nazarida, elchilar ishini qiyinlashtirishi mumkin.
Muhammad payg’ambarni haqoratlovchi, Amerikada ishlangan film o’tgan yili musulmon dunyosida qonli namoyishlarga turtki bergan edi.
G’azab uchquni Yaqin Sharq bo’ylab tarqaldi, Amerika bayroqlari yoqildi. Misr, Yaman va Tunisdagi elchixonalar hujumga uchragach, AQSh hukumati diplomatik korpus xavfsizligini oshirishga qaror qildi.
O’sha kuni, 11-sentabrda al-Qoida a’zolari deb ko’rilayotgan jangarilar Liviyaning Bing’ozi shahridagi elchixonani ham nishonga olib, diplomatlarni o’ldirgan.
Sobiq Davlat kotibasi Xillari Klinton bu fojia yuzasidan Kongress oldida hisobot bergan, favqulodda choralar ko’rilayotganini aytgan.
“Tekshiruv guruhiga Mudofaa vazirligini ham jalb qilishga ko’rsatma berdim. Xorijiy davlatlarga yuzlab qo’shimcha qo’riqchilar yuboramiz. Bundan tashqari, xatarli nuqtalarda joylashgan elchixonalar xavfsizligi bilan bundan buyon alohida muovin shug’ullanadi”, - degan Klinton.
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida joylashgan vakolatxonalar bu ro’yxatga kiritilgan. Ammo aynan qaysi davlatlar ekani sir saqlanadi.
Amerika diplomatlari uyushmasi Obama ma’muriyatining bu qarorlarini to’g’ri, deya olqishlamoqda.
Uyushma rahbari Syuzan Jonson deydiki, aksar konsulliklar va ayrim elchixonalarda maxsus qo’riqchilar umuman yo’q.
“Harbiy xizmatchilar asosan binolar xavfsizligini ta’minlash bilan shug’ullanadi, xodimlarni himoya qilmaydi. Lekin mojaro ro’y berganda ularning borligi yaxshi. Diplomatlar fursatdan foydalanib qochib qolishi, mojaro zonasini tark etishi mumkin”, - deydi Jonson.
Lekin shuni esda tutmoq lozimki, yangi qoidalar bois mezbon davlat xalqi va AQSh elchilari o’rtasida aloqa uzilmasligi kerak.
Masalan, o’tgan yilning noyabrida AQShning Kobuldagi elchixonasi saylovni birgalikda tomosha qilish uchun mehmonlarni taklif etgan.
Diplomatlar mezbon davlatda erkin harakatlanishni, istagan payt faollar bilan muloqot qilishni istaydi. Davlat departamentiga buni tez-tez eslatib turishadi.
“Bu masala hozir ochiq muhokama qilinyapti. Diplomatlardan “oshirib yubormaylik”, elchixonalarni yaqinlashib bo’lmaydigan qal’aga aylantirmang, degan tavsiyalarni eshitamiz”, - deydi Syuzan Jonson.
Xavfsizlikni yaxshilashning yana bir usuli – diplomatlarga til o’rgatish, ular boradigan davlat xalqi, madaniyati bilan chuqurroq tanishish.
Bu dasturlarga ko’proq mablag’ ajratilsa, diplomatlar aholi bilan til topishishi, xavfli vaziyatlardan chiqib ketishi osonroq bo’ladi.