Breaking News

AQSh va Yevropa Ittifoqi savdo muzokaralari jonlandi


Dushanba kuni AQSg va Yevropa muzokarachilari munozarali trans-Atlantik savdo bitimi bobidagi muzokaralarni davom ettirdi. Taklifni AQSh va Germaniya rahbarlari qo'llab-quvvatlamoqda, biroq Germaniya, Avstriya, Belgiya, Finlandiyada chora tanqidchilari minglab odamlar ishtirokida norozilik namoyishlari o'tkazdi.

Muloqot jumagacha davom etadi. O'tgan yildan beri tomonlar masalani to'qqizinchi bor muhokama etmoqda.

Rasmiylarning bildirishicha, AQSh va Yevropa o'rtasidagi shartnoma har ikki tomonga yiliga 100 milliard dololar foyda keltiradi.

Agar hujjat imzolansa, AQSh va Yevropa Ittifoqining 28 mamlakati o'rtasidagi usiz ham past tariflar yanada kamaytiriladi, savdo qoidalari umumlashtiriladi.

Biroq tanqidchilar nazarida kelishuvdan yirik korporatsiyalar foyda ko'radi, xolos; oziq-ovqat va xavfsizlik standartlari tushadi. Bitim korporatsiyalarga hukumatlarga qarshi sudda da'vo ochish, milliy qonunlarni pisand qilmaslik imkonini beradi.

AQShda ko'zga ko'ringan qonunchilar Prezident Barak Obamaga Osiyo davlatlari bilan savdo bobida muzokara qilish vakolatini berishga kelishib oldi. Unga ko'ra, Kongress shartnomani ovozga qo'yib ma'qullashi yoki rad etishi mumkin, biroq matnga tuzatish kiritolmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG