Breaking News

Jahon bozori qalbaki mahsulotga to’la


Musodara qilingan qo'lbola mahsulot
Musodara qilingan qo'lbola mahsulot
Hammaning ham taniqli firma tomonidan ishlab chiqilgan kiyim va poyafzal kiygisi, taqinchoq taqqisi keladi. Chunki ularni sifatli deb o’ylaymiz. Biroq qo’lbola tovarlar ko’p, jumladan dori-darmon. Bu jiddiy va keng ko’lamli jinoyiy biznes. Qalbaki mahsulotlar savdosi hajm jihatdan qoradori savdosidan ham kattaroq. “Amerika Ovozi” Los Anjelesdagi vaziyatni yaqindan o’rganishga qaror qildi.



Pastroq narxda sifatli narsa sotib olaman deb Los-Anjelesga qayerlardan kelishmaydi deysiz. Ular Santi alleyasiga yo’l oladi.

“Sumka, taqinchoqlar va kiyim deb keldim. Bu yerda hamma narsa bor,” - deydi Anita Grey.

Xaridorlarni magnitdek o’ziga tortadi bu maskan. Qo’lbola tovarlar dunyosi.

“Bundan bir necha yil avval vaziyat boshqacha edi. Bugun ancha o’zgargan,” - deydi yana ayol.

Haqiqatdan ham shunday. Politsiya qattiq ishlayapti. Qo’lbola tovarlar sotadigan do’konlar muntazam tekshiruvda, sotuvchilar ehtiyotkor, deydi politsiya zobiti Kris Bakner.

“Ular oldingizga kelib, narsa taklif qiladi. Rozi bo’lsangiz, omborxonaga olib boradi”.

Mana 15 yildirki Kris Bakner qalbaki mahsulot ishlab chiqarish va uning savdosiga qarshi kurashadi. Muammo faqat Los-Anjelesda emas, deydi u.

“Butun dunyo bo’ylab bozorlarga bir qarang-a. U yerda savdoga qo’yilgan tovarlarning taxminan 10 foizi – qo’lbola, soxta tovarlar”.

Bu katta biznes. Yiliga 500 milliard dollarga teng soxta tovarlar sotiladi. Mayda to’dalardan tortib yirik xalqaro jinoiy guruhlargacha, bunday savdo bilan shug’ullanadi.

“Bu faoliyatga qo’l urganlar orasida “Hizbulloh” va “Musulmon Birodarlar” kabi yirik tashkilotlarga aloqador guruhlar ham bor. Bu jinoiy biznes hamma uchun pul qilish imkonini beradi”.

Tinch okeani bo’yidagi Los-Anjeles portlarida har oy tonnalab mahsulot musodara qilinadi. Qalbaki ekani uchun. Politsiyachilarning aytishicha, tovarlarning aksariyati Xitoydan, kemalarda konteynerlarda keltirilgan. Bu portga yiliga 14 million konteyner keladi. Ulardan bor-yo’g’i 1 foizi tekshiruvdan o’tadi.

“True Religion Jeans” firmasi vakili Debra Greyvs politsiyachilarga qo’lbola kiyimni aniqlashni o’rgatyapti:

“Mato qattiqroq, choklar notekis”.

Internet orqali narsa sotib olish xavfli, deydi mutaxassis:



“Eng katta xavf shundan iboratki, internet orqali narsa sotib olaman degan odam nafaqat qo’lbola buyum uchun pul to’laydi, balki o’ziga oid shaxsiy ma’lumotni ham jinoyatchilarga yuboradi. Masalan, kredit kartochkasining raqami va uy manzili… Sizdan qayta-qayta o’g’irlash, sizni o’marish uchun imkon berasiz ularga”.

Ayrim qo’lbola tovarlar salomatlikka zarar, deydi Los-Anjeles ichki ishlar bo’limi qo’mondoni Todd Rojers.

“Qo’lbola sigaret cheksangiz, tarkibida nima borliginini bilmaysiz. Mana shunday tamaki mahsulotlarning ayrimlarida hatto inson yoki hayvonlar axlati ham topilgan”.

Haqiqiy tovardan qo’lbolani qanday ajratish mumkin? Politsiyaning maslahati: narsa qayerda sotilayotganiga qarang. Narxiga ham. Agar narx juda past bo’lsa, mahsulot haqiqiy emas.

Qalbaki tovarlarga qarshi kurash/Fake goods, organized crime
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG