Breaking News

Fallujadagi janglar opera sahnasida


Falluja operasi/Opera Fallujah
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00
Yuklab oling

Falluja operasi/Opera Fallujah

Yaqinda internetda AQShning Iroqdagi urushiga bag’ishlangan yangi opera paydo bo’ldi. “Falluja” nomli bu asar amerikalik askarning Falluja shahri jangida ko’rgan-kechirganlari haqida.

“Falluja” operasi real voqealarga asoslangan. Urush dahshati, hayot uchun kurash… 72 soatli fojia tafsilotlari.



Muallif - explore.org veb sayti asoschisi Charli Annenberg Vayngarten:

“Falluja” Amerika olib borgan eng qonli jang va undan keyin boshlangan tartibsizliklar haqida hikoya qiladi. Amerikalik askar yosh musulmon yigit bilan do’stlashib qoladi, ammo ertasiga uni o’ldirishga majbur bo’ladi”.

Opera Kanadaning Vankuver shahrida yosh ijodkorlar tomonidan yozildi va sahnalashtirildi.

Uni faqatgina internet orqali tomosha qilish va tinglash mumkin.

Bosh qahramon, aytganimizdek, AQSh desanti Kristian Ellis. 2004-yili Fallujadagi jang uning hayotga munosabatini o’zgartiradi.

“Boshdan kechirganlarim… Suiqasdni ham ko’rganman, boshqa dahshatli damlarni ham. Mana shu voqealarni oddiy qilib qog’ozga tushirdim”.

Opera ustida ishlab Kristian Ellis qalbidagi chuqur yaralardan tuzalgandek.

“Ruhiyatim ancha tiklandi. Urush qatnashchilari uchun musiqa va san’at bebaho shifo, nazarimda”.

Iroq va Afg’onistondagi urushlarning asorati cheksiz, deydi Vayngarten:

“Urushlar tugar ekan, bu askarlar vatanga qaytib endi yangi hayot uchun kurashadi. Urush asoratlarini yengish kerak. Bu juda jiddiy masala. Ana sizga opera”.

Shunday ekan, Kristian Ellis va uning safdoshlari uchun jang davom etmoqda.

“Yuragim, miyam, ruhim hamon azobda”, - deydi u.

“Falluja” operasi aynan shu ichki kurash haqida. Asar yaqin orada AQShda katta sahnaga chiqishi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG