AQSh Moliya vaziri Timoti Geytner bugun Kapitoliyda bo’lib, respublikachi qonunchilar sardorlari bilan byudjet masalasi xususida gaplashadi. Oq uy va Kongress yil oxirigacha yangi moliyaviy inqirozning oldini olishga harakat qilmoqda.
Tomonlar kelisha olmasa, jami 600 milliard dollarga teng dasturlar avtomatik ravishda kesiladi, jumladan, mudofaa uchun. Shuningdek, 1-yanvardan soliqlar ko’tarilishi mumkin.
Geytner qonunchilar bilan muloqotda prezident Obamaning asosiy muzokarachisidir. Bugun u spiker Jon Beyner, Vakillar Palatasi byudjet qo’mitasi raisi Pol Rayan, Senatda ozchilik sardori Mitch Makkonnel hamda Kongressdagi demokratik yetakchilar Garri Rid va Nensi Pelosi bilan uchrashadi.
Tomonlar ziddiyatiga sabab bo’layotgan masala – yil oxirida muddati tugayotgan barcha uchun soliq imtiyozlarini yangilash.
Obama yiliga 250 ming dollar va undan ko’p daromad oluvchi odamlar uchun imtiyozlarni tugatishni istaydi, muxolifat esa yengillik barcha uchun bo’lishi kerak, deb turib olgan.
Obama imtiyozlarni darhol o’rta sinf amerikaliklar uchun yangilab, so’ng sarfiyat va soliqqa doir boshqa masalalarni muhokama qilishni taklif etmoqda.
"Hozir shu ishni bitirsak, qolganlarini hal qilish oson bo’ladi", - deydi prezident.
Tortishuv ikki yildan beri davom etar ekan, yirik bizneslar prezident va Kongressdan masalani tezroq hal qilishni so’ramoqda, aks holda mamlakat yangi tanazzulga yuz tutib, ishsizlik yanada kuchayadi.