Breaking News

Xavfsizlik Amerika stadionlarida jiddiy masala


Amerika futboli - xavfli o'yin
Amerika futboli - xavfli o'yin
Amerikacha uslubdagi futbol – xavfli o’yin. Urish-turtishlar ko’p. So’nggi oylarda bir necha sobiq futbolchi joniga qasd qilgani jamoatchilik orasida kuchli xavotir uyg’otdi. Ko’pgina sportchilar o’yin davomida olingan miya jarohatlari natijasida depressiya va boshqa ruhiy kasalliklardan aziyat chekadi. Joniga qasd qilish ham shuning oqibati.

Amerika futboli... Qoidalarni bilmagan odam tartib bormi o’zi deyishi mumkin. O’yinchilar faqat bir-birini shikastlashga harakat qilayotgandek.

Jarohatlarni kamaytirishga qaratilgan urinishlar kam emas. So’nggi yillarda futbolchilar qalpoqlari dizayni o’zgartirildi, ichi qalin va yumshoq material bilan qoplanadigan bo’ldi. Biroq “Pop Uorner” (Pop Warner) futbol tashkiloti raisi, nevrojarroh Julian Beyls fikricha, eng zo’r qalpoq ham bosh va miyani jarohatdan saqlay olmaydi:

“Qalpoq ichidagi qoplanma qalinligi yigirma santimetr bo’lsa ham, bosh baribir qimirlaydi, ba’zida qayirilishi mumkin”.

“Biroq bu hollarda miyaga ta’siridan xavotirdamiz. Miya chayqalishi mumkin”.

2006-yilda Zakeri Listedt aynan shuni boshdan kechirdi. 13 yoshli sportchi Vashington shtatida o’tgan o’yinda boshidan bir necha marta zarba yedi. Jarohat jiddiy edi. Hodisadan so’ng shtat gubernatori trenerlarga jarohatlangan o’yinchilarni shifokor roziligisiz dalaga chiqarishni man etuvchi yangi qonun qabul qildi. Boshqa shtatlarda ham o’xshash qonunlar kuchga kirdi. AQSh Futbol Ligasi ham yangi qoidaga rioya qila boshladi.

Har yili yosh sportchilar orasida 2 milliondan ko’proq bosh jarohati qayd etiladi. Doktor Beyls deydiki, sport maktabini tugatguncha har bir futbolchi boshi yoki miyasiga sakkiz ming marta zarba yeydi.

“Pop Uorner” futbol tashkilotining o’quv dasturi doirasida yosh o’yinchilarga futbol asoslari o’rgatiladi. Hammasi bo’lib 5000 o’yinchi bor. Tashkilot rahbari Jon Batlerning aytishicha, yangi qonun-qoidalarga ko’ra, o’yinchilar bir-birini itarib, to’p uchun kurashayotganida bir-biridan ko’pi bilan 3 metr uzoqlikda bo’lishi lozim:

“Jamoalar haqiqiy o’yinga qaraganda trenirovkalarda ancha ko’proq vaqt o’tkazadi, shu bois jarohatni asosan mashqlar paytida olishadi”.

Haqiqiy o’yinlar mashqlarga qaraganda ancha xavfliroq. Yangi qoidalar jarohatlarni kamida 60 foizga kamaytirishi kerak.

Yaqinda AQSh Futbol Ligasining 2000 sobiq o’yinchisi tashkilotni sudga berdi. Miya jarohatlari haqidagi ma’lumotni bizdan yashirishgan, demoqda ular. Futbolchilar kasaba uyushmasi va jamoa sohiblari muzokaralarga kirishdi. Natijada o’yinchilar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi qoidalar qabul qilindi. Ular avgust oyida, yangi mavsum boshlanganida kuchga kiradi.

Amerika futboli - xavfli o'yin/Youth football safety
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG