Breaking News

AQSh Senati kelasi olti oy uchun byudjetni ma'qulladi


Rend Pol singari konservativ senatorlar fikricha Amerika Misr, Liviya va Pokiston singari davlatlarga bir tiyin ham bermasligi kerak
Rend Pol singari konservativ senatorlar fikricha Amerika Misr, Liviya va Pokiston singari davlatlarga bir tiyin ham bermasligi kerak
AQSh Senati hukumatni kelasi olti oy davomida moliya bilan ta’minlovchi hujjatni ma’qulladi. Prezident Barak Obama unga qo’l qo’yadi.



Respublikachi va demokratlar byudjet ustida kelisha olmayotgani sabab mamlakat mana shunday qiyinchiliklar bilan yuzlashmoqda.

Tasdiqlangan hujjatdan norozilar ko’p. Jumladan respublikachi senator Rend Pol (Rand Paul).

Uning fikricha Pokiston, Misr va Liviyaga Amerika bir tiyin ham pul ajratmasligi lozim.

“Bu xalqlar AQSh bayrog’ini yoqib, bizdan nafratlanib, lan’atlar aytayotgan bir paytda ularga milliardlab dollar yordam uzatishda mantiq bormi?”- deya hayqirdi u Senat majlisida.

Ko’pchilik “ha” deya javob berib, mablag’ ajratishga qaror qildi.

Ular nazarida AQShga qarshi hujumlar qilayotgan tomonlar musulmon dunyosi fikrini aks ettirmaydi va bu jamiyatlar ham ekstremistik kuchlardan norozi.

Murakkab davrlarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarga yordam berib, o’z manfaatlarimizni himoya qilamiz, deydi senatorlar. Oq Uy ham shunday pozitsiyada.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG