Breaking News

Iqtisodiyoti sust Amerika xorij sarmoyasini izlayapti


Nyu-York qimmatbaho qog'ozlar bozorida
Nyu-York qimmatbaho qog'ozlar bozorida
Qo'shma Shtatlar xorij sarmoyasini jalb qilib, sust iqtisodiyotini jonlantirish umidida. Dunyoning eng yirik iqtisodi sanalgan bu mamlakat rahbari Barak Obama bugun chet el kompaniyalarini Amerikaga chorlash yo'lida hukumat dasturini e'lon qildi.

Ayniqsa, ish o'rinlarini yaratadigan bizneslarga qiziqish kuchli. Shu paytgacha bu masala bilan asosan shtatlar miqyosida gubernatorlar, merlar shug'ullanar edi.

Oq uyning bildirishicha, xorij sarmoyasini chorlash elchixonalar uchun ustuvor vazifa etib belgilanadi. Asosiy e'tibor hozirning o'zida AQShga kiritilgan investitsiyaning 90 foizini tashkil qilayotgan 32 bozorga qaratiladi.

Prezident Obama va iqtisod bo'yicha rasmiylar bugun va ertaga Vashingtonda Sarmoya sammitiga mezbonlik qilayapti. Unda 60 davlatdan 1200 mehmon taklif qilingan.

Ekspertlarning tan olishicha, Amerika biznes sarmoya uchun qulay davlatlar safida emas. Chet el firmalari mamlakatga yaqin bir yilda 166 milliard dollar kiritgan. Bu 2011-yil bilan qiyoslaganda 28 foizga kam.

Prezident Obama esa bugungi chiqishida "biznes qilish uchun AQShdan ma'qul joy topolmaysiz" degan. "Ikki asrlik tarixdan misol, Amerikaga pul tiksangiz, hamisha unumli bo'lib chiqqan", - deydi u.

AQSh ekonomikasi yiliga ikki foizga o'sayapti. Sentabrda ishsizlik darajasi 7,2 foizni tashkil etgan. Yaqinda ro'y bergan hukumat yopilishi esa iqtisodga oxirgi uch oyda 24 milliard dollar ziyon qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG