Yaqinda o’tkazilgan tadqiqot natijasiga ko’ra, AQShda ilmiy izlanish olib boruvchi xorijlik talabalar mamlakatda novatorlik va iqtisodiy o’sishga katta hissa qo’shadi. Shuning uchun bunday olimlarning Amerikaga kelib, ishlashi uchun imtiyoz berish kerak, deydi tadqiqotchilar.
Uch iqtisodchi xorijlik talabalarning AQSh taraqqiyotiga qo’shgan hissasini hisoblab chiqdi. Ilmiy guruhga Kolorado universiteti professori Keys Maskus boshchilik qildi.
“Mavzuga qiziqishim 2011-yil 11-sentabr voqealaridan keyin boshlandi. Sabab - ikki-uch yil davomida AQSh dunyoning ayrim hududlaridan talabalar kelib bu yerda o’qishini qiyinlashtirib qo’ygan edi. Ayniqsa, muhandislik va aniq fanlar bo’yicha”, - deydi u.
Maskus so’zlariga ko’ra, o’sha paytda ko’pchilik bunday siyosatning ilmiy taraqqiyot va yangiliklar yo’liga to’g’anoq bo’lishi haqida ogohlantirgan edi.
“Shundan so’ng qiziqishim ortdi. Rostmi shu gaplar, deya o’zimga savol berdim”, - deydi amerikalik iqtisodchi olim.
So’ng Maskus Yel universitetidan Ahmad Mushfiq Muborak va Aydaho universiteti professori Erik Stuen bilan birgalikda ma’lumot yig’a boshladi.
“750 mingdan ziyod talabaga oid ma’lumotlar bazasini to’pladik. O’tgan asrning 1970-90-yillar orasida AQShning muhandislik va aniq fanlar bo’yicha 100 ta eng kuchli universitetiga doktorlik ishi uchun kelgan talabalarni qamrab oldik. Qayerdan kelgani, qanaqa vizada bo’lgani va qaysi universitetda nima mavzuda ilm qilgani haqida ma’lumot jamladik”, - deydi Maskus.
Tadqiqotchilar xulosasiga ko’ra, amerikalik va xorijlik talabalardan iborat rang-barang muhit ish samaradorligini oshiradi.
“Laboratoriyada talabalar birga ishlaydi. Turli joylarda turli yo’nalishlarda, masalan, matematika yoki boshqa fanlar bo’yicha o’qigan studentlar rang-barang g’oyalar bilan keladi. Natijada o’sishni rag’batlantiruvchi intellektual jarayon hosil bo’ladi. Ya’ni xilma-xil talabalardan ko’proq g’oyalar olasiz”, - deydi Maskus.
Odatda, AQShning talabalik vizasini olish uchun chet ellik o’qish uchun puli yetarli ekanini ko’rsatishi kerak. Hatto grant olgan taqdirda ham bu shart soqit qilinmaydi. Hozirgi qoida shuki, Qo’shma Shtatlarga kelib ta’lim olish mumkin, ammo o’qish bitgani zahoti ketish kerak, deydi Maskus.
“Talabalarga viza berishda faqat moddiy ahvolga qarash uzoqni ko’zlab qilingan chora emas. Vatanida boyligi yoki daromadi qanday bo’lishidan qat’i nazar, o’ta iqtidorli bolalarga ochiqroq munosabatda bo’lish kerak. Shu ma’noda Amerikaning viza berish siyosatiga tuzatish kiritish lozim”, - deydi tadqiqotchi.
Maskus AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi “grin karta”ni misol qiladi.
“Agar G’arbiy Yevropa, Kanada va Avstraliya kabi davlatlarga qarasak, ular ilm-fan, texnologiya va muhandislik sohalarida doktorlik darajasini olgan xalqaro talabalarga doimiy yashash huquqini berayapti. Ilmiy darajani qaysi davlatda olganidan qat’i nazar. Masalan, Amerikadan ilmiy unvon olsangiz, Kanadada osonlikcha doimiy yashovchi rezidentga aylanishingiz mumkin”, - deydi iqtisodchi.
Uning ta’kidlashicha, agar aspirantlarning “grin karta” olishi osonlashsa, AQShning xalqaro maydondagi raqobatda yutish imkoniyatlari oshadi.