Breaking News

AQShning xalqaro maydondagi obro'si yaxshilandimi?


So'rov: AQShning xalqaro mavqei yaxshilanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Yangi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, dunyo ahli AQShning tashqi siyosatda ko’proq Osiyoga e’tibor qaratib, “Islomiy davlat”ga qarshi kurashga yetakchilik qilayotganini qo’llab-quvvatlaydi. Ammo 11-sentabr terror xurujlaridan so’ng AQSh tergovchilari mahbuslarga qarshi ayrim qiynoq usullarini qo’llaganiga nisbatan norozilik ham yuqori.

Pyu tadqiqot markazi o’tkazgan so’rovda AQShga berilgan umumiy baho ijobiy. 40 davlat qamrab olingan taqdiqotda qatnashchilarning 69 foizi mamlakat haqida yaxshi fikr bildirgan.

Hisobot mualliflaridan biri Richard Uayk markazda global munosabatlar bo’yicha tadqiqot loyihalarini boshqaradi.

“Iroq va Suriyada “Islomiy davlat”ga qarshi AQSh olib borayotgan kampaniyani global miqyosda qo’llab-quvvatlayotganlar ko’p. Biz so’rov o’tkazgan davlatlarda 62 foiz aholi uni qo’llab-quvvatlagan. Faqat 24 foizi qarshiligini aytgan”, - deydi u.

Uaykka ko’ra, harbiy kampaniyaning eng ko’p tarafdorlari Yevropa va Yaqin Sharqdan. O’n yil oldin Iroqqa uyushtirilgan hujum haqida munosabatlar o’ta salbiy bo’lgan. Ammo terrorga qarshi kurashda shafqatsiz tergov usullaridan foydalanilganiga qarshi e’tirozlar kuchli.

“Dunyo bo’ylab bunga qarshilar ko’p. Biz so’ragan odamlarning o’rtacha 50 foizi AQSh hukumati qo’llagan usullarni keraksiz deb hisoblaydi”, - deydi tadqiqotchi.

Hisobot AQShning faqat Yaqin Sharq siyosati haqida emas.

“Bu hisobot bizga AQSh haqida, uning tashqi siyosati haqida, dunyoning Xitoyga munosabati, bu ikki davlat o’rtasidagi kuchlar muvozanati to’g’risida dunyo qanday fikrda ekanini aniqlash imkonini beradi”, - deydi tadqiqotchi.

AQShning Osiyo strategiyasiga ham alohida e'tibor qaratildi.

“Ko’p odamlar buni ijobiy qabul qilmoqda. AQSh harbiylarining mintaqada bo’lishi barqarorlik olib keladi degan qarash bor”, - deydi Richard Uayk.

Dunyoning yetakchi iqtisodiy kuchi sifatida ko'pchilik hanuz Amerikani ko’rishi ham ayon bo'ldi.

“Oxirgi ikki yilda Amerika iqtisodiyotining o’zini qayta tiklayotganiga ko’pchilik diqqat qaratyapti. Ular AQShning iqtisodiy kuch sifatida qayta o’sayotganiga guvoh bo’lmoqda”, - deydi tahlilchi.

“Prezident sifatida asosiy vazifam iqtisodiyotni o’stirish va mehnatkash amerikaliklarga yordam berish”, - deydi Prezident Obama.

AQSh rahbarining Tinch okeani mintaqasi bo’ylab yangi savdo bitimini tuzishga urinishi ana shu yo’lda olib borilayotgan va amalga oshishi ehtimoli yuqori bo’lgan harakatdir.

Pyu tadqiqotiga ko’ra, Obamaning xorijdagi obro’si uning tashqi siyosati muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlashda ham muhim o’ringa ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG