Breaking News

Vashingtonda hukumat binolarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi


AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Je Jonson Vashington va boshqa yirik shaharlarda hukumat binolarida xavfsizlikni oshirishni buyurdi. Bu ehtiyot choradir, deydi vazir.

Terrorchi tashkilotlar Qo'shma Shtatlar va boshqa davlatlarda hujumlarga zo'r berishga da'vat qilayapti. Xususan, xavfsizlik xodimlari va hukumat ishchilarini nishonga olishga chaqirgan.

Jonsonning aytishicha, Kanadada o'tgan haftada sodir etilgan ikki hujum hukumat idoralari himoyasini oshirish zaruratidan dalolat beradi. Kanadada bir shaxs harbiy memorialga hamla qilib, bir soqchini o'ldirgan. So'ngra parlament binosiga kirib otishma boshlagan va askarlar tomonidan otib o'ldirilgan edi.

Amerika rasmiylari, xususan, yakka-yakka xurujlar, ekstremizmga berilgan alohida odamlarning ehtimoliy hujumlaridan ayniqsa xavotirda.

Qonunchilar Ichki xavfsizlik vazirligi qarorini qo'llab-quvvatlayapti. "Islomiy davlat" jangarilar AQShning o'zida tarafdorl topishga urinayotgani sir emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG