Qo'shma Shtatlar terrorizm gumoni bilan Guantanamo qamoqxonasida saqlanayotgan besh yamanlik mahbusni Birlashgan Arab Amirliklariga ko'chirdi.
Pentagon bayonotiga ko'ra, besh mahbus - Odil Said al-Busays, Xolid al-Qadasi, Ali Ahmad Muhammad al-Rahiziy va Sulaymon al-Nahdiy harbiy turmada 10 yildan ortiq saqlangan. Ularga biror ayblov qo'yilmagan.
Prezident Obama Kubada joylashgan qamoqxonani yopishga va'da bergan bo'lsa-da, mahsublarni Amerika turmalariga ko'chirishga Kongress qarshi.
Shu bois ular xorijiy mamlakatlarga ko'chirilmoqda. Hozir qamoqxonada 107 mahbus qolgan.