Breaking News

Iqtisodiy o'sishga qaramay, yarim million amerikalik uysiz


Los-Anjelesda uysizlar bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

Los-Anjelesda uysizlar bilan suhbat

Amerikada salkam yarim million odam uysiz, shularning choragi bolalar. So’nggi yillarda mamlakat bo’ylab uysizlar soni kamaygan bo’lsa-da, ko’p shtat va yirik shaharlarda ularning soni oshgan.

Los-Anjeles shahri markazidagi 50 kvartaldan iborat Skid Rou rayoni bir asrdan beri uysizlik timsolidir. Shaharni Amerika uysizlari poytaxti deb ham atashadi. Skid Roudagilar muammoga yechim ko’rmaydi.

"Uni hal qilib bo’lmaydi. Aslo. Rayonga atom bombasi tashlab, hammani portatib yuborishsa, balki hal bo’lar”, - deydi Uolter Sanders ismli bir odam.

Yordam tashkilotlari va ko’ngillilar umidsiz vaziyatda yordam berishga harakat qilyapti.

"Skid Rou ayanchli ahvolda. Amerikada inson qo’li bilan shunday ahvolga keltirilgan eng rasvo joy. Zo’ravonlik, tartibsizlik kuchaygan. Ko’chalarimizda o’layotgan bezarar bu insonlarga yurakni kengroq qilaylik", - deydi ana shunday tashkilotlardan birining vakili Endi Beyls.

Ayrim odamlar hamisha uysiz bo’lgan, boshqalar esa ishidan ayrilgach yoki daromadi kamaygach, uy uchun to’lolmay uysizlar safiga qo’shilgan. Salkam 50 ming nafari urush faxriylari yoki sobiq askarlar.

"Men xizmat qilgan paytimda bunday muammoga yo’liqmaganman. Xizmatdan so’ng ish topish oson edi. Keyin boshimga kulfat tushdi. Hukumat esa odamlarga g'amxo’rlik qilmaydi, faxriylarga ham", - deydi uysiz faxriy Kristofer Katarussa.

Los-Anjeles va uning atrofidagi rayonlarda uysizlar eng ko’p bo’lsa-da, Nyu-York, San-Fransisko, Dallas va poytaxt Vashington ham bu borada qolishgani yo’q.

2013-yildan 2014-yilga qadar 36 shtatda uysizlar kamaygani, Massachusets, Nyu-Gempshir va Nyu-Meksiko shtatlarida esa ko’paygani rasman qayd etildi. Bunga turar-joyning qimmat ekani asosiy sabab sifatida ko’rsatilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG