Qo’shma Shtatlar bugun inson huquqlari bo’yicha yillik xalqaro hisobotini e’lon qildi. Unga ko’ra, dunyo bo’ylab tobora ko’p mamlakatlar so’z erkinligini bo’g’ishga, fuqarolarini umumbashariy huquqlardan mahrum etish uchun repressiv qonunlarni ishga solishga kirishgan.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, bu mamlakatlarda hukumatlar ilg’or texnologiyalar yordamida muxolifat va tanqidchilarni nazorat etmoqda, faollarni siyosiy sabablarga ko’ra ta’qibga olmoqda.
Davlat kotibi inson huquqlarini eng ko’p buzayotgan davlatlar qatorida Suriya, Rossiya, Xitoy, Kuba, Misr va Bangladeshni tilga oldi. Uning aytishicha, 80 mamlakatda besoqolbozlarni kamsituvchi qonunlar amalda.
AQShda ham inson huquqlariga doir ahvol a’lo darajada bo’lmasa-da, deydi Kerri, u inson qadrini himoya qilishga doim tayyor turadi.
“Qo’shma Shtatlar ko’plab boshqa mamlakatlar qatorida shunday jamiyat tarafdoriki, unda erkin fikr bildirmoq, muxabbat izhor etmoq, e’tiqod almashtirmoq, tinch namoyish qilmoq ta’qibga, zulmga yoki o’limga yetaklamaydi”, - deydi Kerri.
Uning nazarida inson huquqlarini buzib, bunga javobgar shaxslarni tartibga chaqirmaydigan mamlakatlar o’z manfaatlari hamda AQSh manfaatlariga zid ish tutayotgan bo’ladi.
Inson huquqlari himoyalanmagan mamlakatlarda zo’ravon ekstremizm va jinoyatchilik ildiz otadi, bu esa o’z navbatida beqarorlik, tahdid va iqtisodiy kamchilikka olib keladi, deydi Jon Kerri.
AQShning yillik hisobotida Ukraina xalqining huquq va erkinliklari uchun kurashi, Suriyada avtoritar tuzumga qarshi harakat, Xitoyda siyosiy faol guruhlarning ta’qibga olinishi, Tojikistonda noyabr saylovlaridan oldin inson huquqlari tashkilotlari va fuqarolik jamiyati faollariga qarshi bosim, muxolif arboblarning yo’qolib qolishi, nodavlat tashkilotlarning yopilishi, Ozarbayjonda tinch namoyishning kuch bilan tarqatilishi, Turkiyada jurnalist, yozuvchi, tarjimonlarning hamon hibsda saqlanayotgani va boshqa mamlakatlardagi salbiya holatlar tilga olinadi.
Har yili bo’lgani kabi hisobotda O’zbekistondagi vaziyat ham tahlil qilinadi.
Unga ko’ra, xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsdagilarning qiynoqqa solinishi, ularning huquqlarining toptalishi, sud ishlarining soxtalashtirilishi, protsessual qoidalarning buzilishi, diniy ozchilikdagi guruhlar huquqlarining poymol etilishi, fuqarolik jamiyati va mustaqil jurnalistlar faoliyatining cheklanishi, hukumatni tanqid qilganlarga nisbatan ta’qiblarning kuchayishi, paxta dalalarida bolalar va kattalarning majburiy mehnatga jalb etilishi va boshqa turdagi huquqbuzarliklar davom etmoqda.