Breaking News

AQShning inson savdosiga doir hisoboti chop etildi


Inson savdosiga qarshi kurashgan faollar AQSh Davlat departamentida qahramon sifatida olqishlandi
Inson savdosiga qarshi kurashgan faollar AQSh Davlat departamentida qahramon sifatida olqishlandi

Davlat departamenti Myanma davlatini inson savdosi va majburiy mehnatga ko’z yumayotgan davlatlar qatoriga qo’shdi. AQShning Inson savdosiga doir yillik hisobotida Xitoy, Rossiya, Janubiy Sudan, Suriya, Eron, Shimoliy Koreya, Venesuela kabi mamlakatlar qora ro’yxatga kiritilgan.

AQShning inson savdosiga doir hisoboti chop etildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00

“Birma qurolli kuchlari Rakxayn shtatida yuz minglab odamlarni uylarini tark etishga majbur qildi. Birma armiyasiga bolalarni yollashib, ozchilikdagi elat vakillarini majburiy mehnatga jalb qilishdi”, - deydi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.

Unga ko’ra, Liviya, Shimoliy Koreya va Eron ashaddiy buzg’unchilar qatorida. Eron inson savdogarlarini jazolash o’rniga, jabrdiydalarni jazolamoqda, deydi u.

Hisobotni e’lon qilish marosimida inson savdosiga qarshi kurashgan 10 faol qahramon sifatida olqishlandi. Kamerunlik Fransiska Ava Mbulining o’zi qul bo’lgan.

“Bir arab mamlakatida oilada xizmatchi bo’lib ishlagan paytimda meni xo’rlashgan, tegajog’lik qilishgan, bir tiyin ham pul berishmagan. Uyga ketmoqchiman deganimda, 3000 dollar qarzing bor, ishlab berishing kerak, biletingga ham ishlaysan deyishgan, ammo aldashdi”, - deydi u.

Mbuli hozir Kamerunda qullikdan xalos etilgan ayollarga biznes qilishni o’rgatuvchi dasturni boshqaradi. Yana bir qahramon janubiy koreyalik Kim Chon Chul.

“Inson savdosiga uchragan odamlar ayrim ishlab chiqarish kompaniyalarida ishlashini hisobga olib, bu kompaniyalar mahsulotini boykot qilish orqali inson savdosiga qarshi kurashga o’z hissamizni qo’shishimiz mumkin”, - deydi u.

Kim Chon Chul Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda bunday jinoyatlarni fosh etishga yordam bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG