Breaking News

Noqonuniy muhojirlar Kongressdagi bahsni yaqindan kuzatayapti


AQSh qonunchilari immigratsiya tizimini isloh qilish haqida bahs qilar ekan, 11 million hujjatsiz migrant ijobiy yechimdan umidvor. Ular orasida janubiy osiyoliklar ham bor.
Noqonuniy muhojirlar/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00
Yuklab oling

Sadia diplomatlarning farzandi, Amerikaga 14 yil oldin kelgan. Lekin hali ham qonuniy maqom kutayapti. “Amerika Ovozi” bilan so’zlar ekan, to’liq ismini aytmadi.

“Hujjatlaring joyida bo’lmasa, siqilib yurar ekansan. Birinchidan, mashina haydolmaysan. Ishlolmaysan. Ish topsang ham ahvoling qaltis, ish beruvchi o’ynatadi”, - deydi u.

Sadia ko’chmas mulk bozorida ishlaydi. Qora ishda band boshqa millionlab migrantlardan holi yaxshiroq ekanini tan oladi.

Manar Vohid janubiy osiyolik immigrantlarning huquqlarini himoya qiladi.

“Aniq fanlarni puxta egallagan, texnologiyani yaxshi bilgan, malakali kadrlar kam emas orasida”, - deydi u.

Ekspertlar hamma noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilib bo’lmasligini e’tirof etadi. Kongressda muhokama qilinayotgan hujjat barchaga qonuniy eshiklarni ochib berishni nazarda tutadi. O’tgan dushanba Senat loyihaga tuzatish kiritdi va unga ko’ra, Amerika-Meksika chegarasida xavfsizlik mustahkamlanadi.

Vashingtondagi Migratsiya siyosati instituti vakili Demetrios Papademetriu islohotni yoqlamoqda.

“Odamlarni ro’yxatga olish osonlashishi kerak. Hamma bemalol qayddan o’ta olsin”, - deydi u.

Ro’yxatga olindimi, kim jinoyat sodir etganini tekshirish osonlashadi.

“Kimda-kim qonunni buzgan bo’lsa, jinoyat sodir etgan bo’lsa, grin karta bilan siylash to’g’ri bo’lmaydi nazarimda. Biroq qonun-qoidaga amal qilib yashagan odamlarga imtiyozlar berilishi kerak”, - deydi u.

Papademetriu fikricha, Amerika amaldagidan mukammalroq immigratsiya tizimiga muhtoj.

“Amerikada ahvol o’zgarishiga qarab moslashuvchan sistema kerak. Odamlar kelib-ketishi uchun qulay, ham mustahkam tizim… Hamma uchun tushunarli sistema”, - deydi u.

Hammaning diqqati Amerika qonunchilarida. Senat loyihani tez kunda ma’qullashi kutilayapti, ammo respublikachilar ustun Vakillar palatasida muhokama yil oxirigacha davom etishi hech gapmas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG