Breaking News

AQSh rasmiylari Eronni Amerika sabrini sinamaslikka chaqirmoqda


Mayk Pens - AQSh vitse-prezidenti
Mayk Pens - AQSh vitse-prezidenti

Eron 2015-yilda imzolangan xalqaro yadro dasturida belgilangan cheklovlarni pisand qilmay uran boyitishni kuchaytirgani AQSh rasmiylarini bezovta qilmoqda. Ularning aytishicha, Tehron Amerika sabrini sinamagani ma’qul.

Xalqaro hayot - 9-iyul, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:27 0:00

Xalqaro bitim shartlarining buzilganini BMT qoshidagi Atom energiyasi bo’yicha agentlik inspektorlari tasdiqladi. Vashington islomiy respublika yadro qurolini yaratishga intilayapti deb, bunga g’ov bo’lmoqchi.

Eron nazarida, AQShning o’tgan yili shartnomadan chiqqani Tehronga unga amal qilmaslikka asos bo’ldi. AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens islomiy respublikani ogohlantirib qo’ydi.

“Eron andishaning otini qo’rqoq qo’ymasligi kerak. Amerikaning bosiqligi qat’iyatsizlikdan dalolat emas. Qo’shma Shtatlar va qurolli kuchlarimiz mintaqadagi manfaatlari, askarlari va fuqarolarini himoya qilishga tayyor. Eronning mintaqadagi ta’sirini cheklashda, iqtisodiyotiga bosim qo’yishda davom etamiz. Donald Tramp prezident ekan, Amerika Eronga atom qurolini qo’lga kiritishga imkon bermaydi”, - dedi Pens.

Miliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Bolton ham shu ma’noda fikr bildirdi.

“Eron rejimiga qarshi bosimni kuchaytirishda davom etamiz, toki u yadro qurollari dasturidan hamda Yaqin Sharqdagi zo’ravon faoliyatidan, jumladan dunyo bo’ylab terror harakatlariga qo’l urishdan va uni qo’llab-quvvatlashdan voz kechsin”, - dedi u.

Eron armiyasi qo’mondonlaridan biri mamlakatining hech bir davlat bilan urush boshlash niyati yo’qligini aytib, xalqaro yadro shartnomasini imzolagan boshqa davlatlardan AQSh iqtisodiy sanksiyalarini aylanib o’tishda, jumladan neftini eksport qilishda yordam so’radi. Yevropa Ittifoqi va Rossiya Eron uranni belgilangan miqdordan ortiqcha boyita boshlaganidan xavotir bildirdi. Kreml, shuningdek, Qo’shma Shtatlarni yadro bitimidan chiqqanlikda ham aybladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG