Breaking News

Iroq, Amerika urushdan savdo, texnologiya, transport tomon


AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden, Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden, Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy

Amerika askarlari yil oxirigacha Iroqdan butunlay chiqar ekan, ikki davlat aloqalarida yangi sahifa ochiladi. AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden so’nggi ikki kun Bag’dodda Bosh vazir Nuri al-Malikiy bilan shu haqda gaplashdi.

2008-yilgi bitimga ko’ra, xorij askarlari 2011-yil yakuniga qadar mamlakatni tark etishi kerak. Shartnomaga sodiq qolayapmiz, dedi Iroqqa kutilmaganda borgan Jo Bayden.

Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar 2003-yilda Iroqqa qo’shin tortib, diktaturani ag’darib, harbiy missiyani nihoyasiga yetkazdi.

Hozirda bu davlatda amerikalik 14 000 zobit bor. Urush avjiga chiqqanida ularning soni 170 000 bo’lgan. Baydenning aytishicha, harbiylarni olib chiqishdan ham Amerika, ham Iroq manfaatdor.

Ikki suveren mamlakat endi tengma-teng gaplashadi va xavfsizlik, razvedka, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettiradi. Rasmiy Bag’dod armiyasi Amerika malakasiga muhtoj ekanini tan olib keladi.

Q’shma Shtatlar mamlakatda harbiylarining bir qismini qoldirishga umid qilgan edi. Lekin ularga Iroq adliyasidan daxlsizlik kafolati olinmagan hali.

Bayden 2009-yilda vitse-prezidentlikka kelganidan beri Iroqqa sakkizinchi bor borishi. U AQSh va Iroq askarlarini olqishlovchi marosimda ham qatnashadi.

Maqsad – uzoq yillar qon bilan yo’g’rilgan aloqalarda endi diplomatiya, siyosat, savdo, adliya, energetika, texnologiya, atrof-muhit, transport va mudofaani olg’a surish.

Mamlakatda mazhablararo ziddiyat va qonli xurujlar 2006-2007 ga qaraganda keskin pasaygan, biroq jangari hujumlari hali butunlay to’xtamagan.

Iroq Qo’shma Shtatlar uchun muhim davlat bo’lib qoladi, deydi Jo Bayden. Eron va Suriya o’rtasida joylashgan bu davlat strategik hamkordir.

Urush boshidan beri Qo’shma Shtatlar 4500 askaridan ayrildi. Bu AQSh tarixidagi eng uzun harbiy mojarolardan biri sanaladi.

Kecha Bag’dod shimolida, qamoqxonaga kiraverishda mashina portlab, kamida 19 odam o’lgan. Shanba kungi xurujlar esa 15 odamni hayotdan olib ketgan.

Iroqdan so'ng Jo Bayden Turkiyaga yo’l olishi kutilmoqda. 2-dekabrda u avval Anqaraga borib, rasmiylar bilan muzokara qiladi va 3-dekabrda Istanbulda Global Tadbirkorlik sammitida chiqish qiladi. 5-dekabrda esa Bayden Gretsiyada bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG