Breaking News

"Nyu-York Tayms": Iroq orqali Suriyaga Eron qurollari o'tmoqda


Eron yuk samolyoti Bag'dod aeroportida
Eron yuk samolyoti Bag'dod aeroportida
AQShning “Nyu-York Tayms” gazetasida chiqqan maqolaga ko’ra, Iroq havo sarhadlari Suriya hukumatiga qurol yetkazishda asosiy ta’minot marshrutiga aylangan.

Qo’shma Shtatlar Bag’dodni Eron qurollarining Suriyaga uzatilishiga to’siq qo’yishga chaqirib keladi, ammo Iroq shu kungacha o’z hududi orqali o’tgan samolyotlarni nazorat etishda shijoat ko’rsatmadi, deyiladi maqolada. Unga ko’ra, Bashar Assad hukumatiga raketalar, tankka qarshi moslamalar, granatomyotlar, snaryadlar yetkazilmoqda.

“Nyu-York Tayms”ning ismini oshkor etishni istamagan AQSh rasmiylaridan olingan ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, Obama ma’muriyati Iroqning samolyotlarni nazorat etmasligidan qattiq ranjigan.

AQSh razvedka ma’lumotlariga ko’ra, Iroq rasmiylari Eron bilan hatto hamkorlik ham qilmoqda, deyiladi maqolada, masalan, Tehronga yuk nazoratining vaqti ma’lum qilinib, Eron suvdan quruq chiqqan.

AQSh rasmiylarining gazetaga aytishicha, Iroq o’z hududi orqali Erondan Suriyaga qatnovchi samolyotlarni nazorat uchun to’xtatishi yoki bunday parvozlarni umuman man qilishi lozim.

Iroq rasmiylariga ko’ra, mamlakat sarhadlari orqali qurol o’tmagan, Eron Suriyaga, shunchaki, gumanitar yordam yetkazmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG