Breaking News

AQSh Iroqni havodan urdi, Eronni harbiy bazasiga hujumda ayblamoqda


Iroqliklar AQSh elchixonasi yonida namoyish qilmoqda
Iroqliklar AQSh elchixonasi yonida namoyish qilmoqda

Iroq poytaxti Bag’dodda minglab odam AQSh havo hujumlariga norozilik bildirib, Amerika elchixonasi yonida shinalar yoqdi, elchixonaga qarata tosh otdi, darvozasiga o’t qo’ydi.

Xalqaro hayot - 31-dekabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:27 0:00

Hizbulloh harakati Kirkuk shahrida AQShga qarashli xususiy jangovar kompaniyani reaktiv snaryadlar bilan nishonga olib, bir amerikalik pudratchini o’ldirgach, Qo’shma Shtatlar Hizbullohning Iroq va Suriyadagi joylashuvlarini havodan urgan. Vashington Kirkukdagi hujumga Eron aloqador ekanini aytmoqda.

Hizbulloh hujumida bir necha amerikalik va iroqlik askar yaralangan.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Eronning bu harakatlariga ko’z yummaymiz, dedi.

AQSh havo hujumida 20 dan ziyod jangari o’lgan, yaradorlar bor, qurol omborlari vayron bo’lgan. Bundan g’azablangan iroqliklar hukumatdan Vashington bilan aloqalarni qayta ko’rib chiqishni talab qilmoqda.

“Ushbu amaliyotda Iroq hududida joylashmagan qurol mahalliy hukumat ruxsatisiz qo’llangan bo’lishi mumkin. Bag’dod suvereniteti poymol etilganidan norozi bo’lgan deb o’ylayman”, - deydi vashingtonlik tahlilchi Maykl Oxanlon.

AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper Qo’shma Shtatlar hujumlardan o’zini mudofaa qilishga haqli ekanini aytdi.

“Buning uchun qo’shimcha zarur choralar ko’rilyapti. Eron yoki jangari guruhlarning bundan keyingi axloqsizligining oldini olamiz”, - dedi vazir.

Tahlilchi Oxanlonning ogohlantirishicha, ziddiyatlar keskinlashib ketsa, Eron ham AQShning mintaqadagi moliyaviy va xavfsizlik manfaatlariga zarba berishi mumkin.

“Bizning hujumimiz ustunlik beradimi bizga yoki yangi to’qnashuvlarga turtki bo’ladimi? Eron biror harakatlari bilan neft narxlarini ko’tarib yuborishi mumkinmi? Shunday bo’lsa, u holda Eronning qo’li baland keladi deb o’ylasa bo’ladi”, - deydi siyosatshunos.

Davlat departamenti rasmiylarining aytishicha, Eronga aloqador guruhlar so’nggi ikki oyda yolg’iz Iroqning o’zida AQSh va xalqaro kuchlarga qarashli bazalarga 11 marta hujum qilgan. Tahlilchilarning taxmin qilishicha, Eron va unga daxldor guruhlar neft inshootlari va koalitsiya kuchlariga bundan keyin ham hujum qilishda davom etadi.

Iroqning iste’fo bergan, ammo hozircha ishlab turgan Bosh vaziri Odil Abdul Mahdi Vazirlar mahkamasi a’zolariga AQShni hujumdan qaytarishga harakat qilganini, ammo uddasidan chiqa olmaganini aytdi.

“Bu ishning xatarli ekanini, avval yuzma-yuz muhokama qilish kerakligini aytdim ularga. Ammo menga qaror qabul qilinganini va meni shunchaki xabardor qilishayotganini aytishdi”, - dedi Mahdi.

Hizbulloh AQSh hujumiga javob berishini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG