Breaking News

AQSh va Yaponiya Xitoy tahdidlariga qarshi birgalikda kurashmoqchi


AQSh Prezidenti Jo Bayden Yaponiya Bosh vaziri Fumida Kishidani Oq uyda qarshilayapti
AQSh Prezidenti Jo Bayden Yaponiya Bosh vaziri Fumida Kishidani Oq uyda qarshilayapti

Qo’shma Shtatlar Yaponiyani hamda Hind va Tinch okeani mintaqasini Xitoy tahdidlaridan himoya qilish maqsadida Yaponiyaning Okinava orolida tezkor harbiy dengiz bo’linma tashkil etmoqchi. AQSh Prezidenti Jo Bayden bugun Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan Oq uyda shu va boshqa mavzularni muhokama qilyapti.

Xalqaro hayot - 13-yanvar, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:50 0:00

Xitoyning to’xtamayotgan tahdidlari AQSh va Yaponiyani harbiy va diplomatik hamkorligini barcha bosqichlarda mislsiz ravishda kuchaytirishga majbur qildi, deydi AQSh rasmiylari.

Milliy xavfsizlik kengashining so’zlovchisi Jon Kirbining aytishicha, Prezident Jo Bayden Yaponiya bilan hamkorlik kuchayayotganidan xursand.

“Yaponiya faollashar ekan, AQSh bilan birga harakat qilyapti. Ittifoqlarimizga sarmoyalarimiz katta foyda beryapti”, - deydi Kirbi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Davlat departamentida Yaponiyaning tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan ko’rishib, AQSh-Yaponiya munosabatlarida Xitoyning Hind va Tinch okeani mintaqasidagi tahdidlariga qarshi qaratilgan qator muhim o’zgarishlarni olqishladi.

"AQSh va Yaponiya o’rtasidagi ittifoqning zamonaviylashayotganiga, Hind va Tinch okeani mintaqasida yuzaga kelayotgan muammolarga tayyor turish uchun ikki davlat birga harakat qilayotganiga guvohmiz”, - dedi Blinken.

“Xitoy Tayvanga hujum qilishi mumkinmi” degan savolga AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Xitoyning so’nggi harbiy harakatlarining ba’zilari o’ta provokatsion ko’rinishga ega bo’lganiga ishora qiladi.

“Ular yangi normani o’rnatishga intilyapti degan fikrdamiz. Bu Tayvanga bosqin muqarrar ekanini ko’rsatadimi deb so’rasangiz, menda jiddiy shubha bor”, - deydi Ostin.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh-Yaponiya hamkorligining kuchayishini shunday izohladi.

"AQSh va Yaponiya hamkorligining uchinchi taraf, mintaqaviy tinchlik yoki barqarorlikka ziyon yetkazmasligini ta’minlash kerak”, - dedi vazirlik so’zlovchisi Van Venbin.

Blinken ham, Ostin ham Yaponiyaning harbiy qudratini Ikkinchi jahon urushidan beri anchaga oshirishga, jumladan dushman bazalariga qarshi hujum qilish salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan so’nggi bayonotini olqishladi.

AQSh va Yaponiya rasmiylarining aytishicha, Xitoy ularning eng katta strategik raqibi va xalqaro tartibga misli ko’rilmagan darajada tahdid solmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG