Sharqiy Osiyoda ayrim davlatlarning Xitoy bilan hududiy tortishuvlari davom etar, Shimoliy Koreya esa yadro tahdidi solar ekan, Qo’shma Shtatlar va Yaponiya mintaqada harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Tokioda o’tgan muzokaralarda AQSh rasmiylari Yaponiyaning o’z mudofaasi masalasida kattaroq ro’l o’ynash istagini olqishlagan.
Pentagon ilk bor uzoq masofaga uchuvchi pilotsiz samolyotlarini Yaponiyaga yo’naltirib, dengizni nazorat qiluvchi yangi samolyotini ishga solmoqda.
Ikki davlat mudofaa vazirlari va diplomatlari Tokioda uchrashib, Yaponiyada AQShning raketa hujumiga qarshi ikkinchi radarini o’rnatishga kelishib oldi.
AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel nazarida mojarolarni oldindan ogohlantirish tizimi juda muhim.
"Qo’shimcha radar AQSh va Yaponiya hududlarini Shimoliy Koreya ballistik raketalaridan mudofaa qilish salohiyatimizni oshiradi", - dedi Xeygl.
Radar Shimoliy Koreyaga qaratilgan bo’lsa-da, Xitoy ham kuzatuvdan chetda qolmaydi.
Pekin so’nggi paytlarda Yaponiya boshqaruvi ostidagi Senkaku oroliga kemalarini tez-tez yuboradigan bo’lib qolgan. Xitoy orolni Diaoyu deb atab, o’ziniki deb biladi.
AQSh va Yaponiya o’rtasida tuzilgan konsultativ xavfsizlik qo’mitasi bayonot chiqarib, Xitoyni xalqaro normalarga rioya qilishga da’vat etdi.
Xeyglning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Yaponiya bilan imzolangan mudofaa bitimiga ko’ra, Senkaku oroli masalasida Tokioni qo’llab-quvvatlaydi.
"Biz orolda do’q-po’pisa bilan amalga oshiriluvchi va Yaponiyaning ma’muriy boshqaruviga qarshi qaratilgan har qanday bir tomonlama harakatlarga qarshimiz", - dedi AQSh mudofaa vaziri.
Qo’shma bayonotda, shuningdek, Yaponiya va Qo’shma Shtatlarning kiberxuruj mudofaasi, razvedka ma’lumotlari almashinuvi va fazoviy hamkorlik bobidagi qo’shma loyihalari ham tilga olinadi.
Tomonlar AQSh-Yaponiya mudofaa bitimini qayta ko’rib chiqib, Tokioga o’zini mudofaa qilishda kattaroq rol ajratishga kelishib oldi.
Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe mamlakatning patsifist xarakterga ega konstitutsiyasini tuzatmoqchi bo’lganida qo’shni mamlakatlar noroziligiga uchragan edi.
AQSh nazarida bu ijobiy hol, chunki shundagina ikki davlat harbiylari to’laqonli sherik sifatida samarali ravishda hamkorlik olib borishi mumkin.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, bu kabi muloqot ham harbiy, ham diplomatik hamkorlikni zamon talabiga moslashga hissa qo’shadi.
"Mudofaa bobidagi ikki tomonlama hamkorlik yo’nalishini ko’rib chiqishga kelishdik. Yaqin bir necha oyda yangi siyosat ishlab chiqsak, ittifoqimizni kelasi yillarda unga qarab belgilaymiz", - dedi Kerri.
Ikki davlat rasmiylari mudofaa hamkorligini belgilovchi 1997-yil qoidalariga kelasi yil oxirigacha tuzatishlarni tavsiya qilishga kelishdi.
Shuningdek, tomonlar AQShning to’qqiz ming askarini Okinava orolidagi harbiy bazalardan chiqarish rejasini ham tasdiqladi. Ularning yarmidan ko’pi kelasi 10 yilda Tinch okeanida AQShga qarashli Guam oroliga ko’chiriladi. Yaponiya bu bilan bog’liq xarajatlarning bir qismini o’z zimmasiga olishga va shu munosabat bilan uch milliard dollargacha pul ajratishga rozilik berdi.