Breaking News

AQSh qonunchilari Belarusga bosim qo'ymoqda


Belarusda prezidentga qarshi tinch namoyishlar davom etmoqda. 9-avgustda o’tgan saylovdan beri poytaxt Minskda o’n minglab odam har dam olish kunlari ko’chaga chiqib, saylov natijalari bo’yicha norozilik bildirmoqda.

Xalqaro hayot – 6-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:05 0:00

“Hokimiyatda 26 yildan beri o’tirgan Lukashenko voqelikdan ajralib qolganga o’xshaydi. Vaqti o’tganini tushunmayapti”, - deydi Viktoriya ismli namoyishchi.

Namoyishlarda siyosiy mahbuslarni ozod etish talabi ham yangramoqda. Ulardan biri AQSh va Belarus fuqarosi Vitaliy Shklyarov bo’lib, vashingtonlik siyosiy tahlilchi iyul oxirida ota-onasini ko’rish uchun Gomelga borganida ushlangan edi. AQSh qonunchilari uni ozod etishga harakat qilmoqda.

“Oilasiga uni esdan chiqarmaganimizni aytdik. Uni ozod etish uchun diplomatik bosimni ishga solishimiz kerak”, - deydi senator Jek Rid.

Namoyishchilar haligacha hibsga olinmoqda, ba’zilarining kaltaklangani, qiynoqqa solingani aytilmoqda.

AQSh Kongressida Vakillar palatasining respublikachi a’zosi Kris Smit Belarus militsiyasini zulmda aybladi.

“Bizga ismlarini berishsin. Qora ro’yxatga qancha ko’p odamni kiritsak, shuncha yaxshi. Bu gal bo’sh kelmaymiz”, - dedi u.

Smit o’tgan hafta quyi palataning Tashqi aloqalar qo’mitasida ma’qullangan “Belarus demokratiyasi haqidagi” qonunning to’rtinchi tahririga mualliflik qilgan. 2004-yilda qabul qilinib, 2006 va 2011-yillarda yangilangan ushbu hujjat inson huquqlarini poymol etgan belaruslik rasmiylarni iqtisodiy va viza sanksiyalari bilan jazolashni ko’zda tutadi.

“Qonunning yangi ko’rinishi yanada samaraliroq bo’ladi. Lukashenko masalasida burilish nuqtasiga keldik”, - deydi kongressmen Smit.

Faollar Lukashenko hukumatiga qarshi sanksiyalarni olqishlasa-da, belaruslik sobiq diplomat Valeriy Kavalevskiy ularni samarasiz deydi.

“Choralarni yetarli deb bo’lmaydi. Ular Lukashenko xulqini o’zgartirayotgani yo’q”, - deydi u.

Biroq bu gal sanksiyalardan tashqari xalq noroziligi ham hukumatga bosim qo’ymoqda. Namoyishlarning davomiyligi tuzum o’zgarishida hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG