Tramp ma’muriyati AQSh fuqarolarining Kubaga safari va orol davlatda biznes qilish imkoniyatlarini cheklamoqda. Kubaga bormoqchi bo’lgan fuqarolar endi AQSh sayyohlik kompaniyalari orqali kollektiv ravishda sayohat qilishi kerak bo’ladi. Har bir guruhga kompaniyaning bir vakili hamrohlik qiladi. Ba’zi fuqarolar bunday o’zgarishlardan norozi.
“Kubaga borib shuni angladimki, ikki davlat bir-biriga kengroq ochilishi kerak”, - deydi floridalik Tom ismli bu odam.
“Ba’zi odamlarning AQSh va Kubada qarindoshlari bor. Ularning hayotini osonlashtirish o’rniga qiyinlashtirishmoqda”, - deydi sobiq o’qituvchi Rikardo Stasser.
AQSh Davlat departamenti Kuba armiyasiga aloqador 83 ta mehmonxona, kompaniyalar va do’konlar ro’yxatini e’lon qilib, amerikaliklarga bu muassasalar bilan biznes qilishni taqiqlab qo’ydi.
“Kuba hech qachon Amerika xalqiga qarshi sanksiya qo’llamagan. Shu sabab AQSh cheklovlariga javob tariqasida Gavana shunday qiladi deb o’ylamayman. Oldin ham bunday qilmaganmiz. Kuba hamisha bir tomonlama sanksiyalarga qarshi bo’lgan, bu Kuba tamoyillariga zid”, - deydi bu mamlakatning AQShga mas’ul rasmiysi Jozefina Vidal.
Sobiq Prezident Barak Obama 2015-yilda Kuba bilan diplomatik aloqalarni tiklagan edi, ammo Tramp aksincha ba’zi cheklovlarni qaytarmoqchi.
Facebook Forum