AQShning Vashington, Baltimor va Atlanta shaharlari uzra Harbiy-havo kuchlari va Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli aviatsiya tibbiyot xodimlarini olqishlab uchib o’tgan.
Mamlakat bo’ylab esa karantinni tugatish talabi bilan namoyishlar bo’lmoqda.
“Iqtisodiyotning yopilishi shtatimizga virusdan ko’ra kattaroq zarar yetkazmoqda”, - deydi 74 yashar kaliforniyalik bir ayol.
Merilend trassalarida ham namoyish. Haydovchilar Vashingtonga qo’shni shtatda hayotni normal holatga qaytarishni talab qilmoqda.
Prezident Tramp namoyishchilar talablariga qarshi emas.
“Shtatlarning ochilishini olqishlayman. Ochiladi ular. Tez va xavfsiz. Mamlakatni qayta oyoqqa turg’azish kerak”, - dedi u.
Ispaniyada odamlar yetti haftada ilk bor to’planmoqda. Qo’shni Italiya esa ikki oylik karantindan so’ng ayrim cheklovlarni olib tashlamoqda.
Aholi soniga nisbatan koronavirusdan o’lim hollari eng yuqori mamlakatlar bu Belgiya, Ispaniya, Italiya, Britaniya va Fransiya – hammasi Yevropada. Eng ko’p kasallanganlar AQShda. Rossiya va Pokistonda shu hafta virus yuqtirganlar bo’yicha rekord ko’rsatkichlar qayd etildi.
Pandemiya boshlangan Xitoyda infeksiyaga uchraganlar soni muntazam ravishda tushib bormoqda. Bu mamlakatni koronavirus haqidagi ma’lumotni dunyodan yashirganlikda ayblayotgan Tramp uni tariflar bilan jazolamoqchi.
“Vaziyat yomon. Virus 182 mamlakatga tarqaldi. Aytadigan gaplarimiz bor hali”, - dedi u.
Cheklovlar yumshatilishi bilan ijtimoiy masofani saqlashga qaratilgan choralar hali-beri yo’q bo’lmaydi.
Facebook Forum