Breaking News

AQSh va Meksika chegara xavfsizligi haqida gaplashdi


Ikki vazir
Ikki vazir

Ikki qo’shni mamlakat - Qo’shma Shtatlar va Meksika qoradori, qurol va inson savdosi bilan shug’ullanayotgan jinoiy to’dalarga qarshi kurashishga kelishib oldi.

Xalqaro hayot - 8-may, 2018-yil - AQSh va Meksika chegara xavfsizligi haqida gaplashdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo meksikalik hamkasbi Luis Videgaray bilan dushanba kuni Vashingtonda ko’rishib, ikki tomonlama va mintaqaviy mavzularni muhokama qildi. AQSh Adliya vaziri Jeff Seshnsning aytishicha, Amerika bedarvoza mamlakat emas.

Qo’shma Shtatlar Meksika bilan chegara xavfsizligini kuchaytirish uchun Milliy gvardiyaning yuzlab askarlarini safarbar etmoqda. Markaziy Amerikadan qochgan yuzlab odamlar Meksika orqali AQShga o’tishga harakat qilmoqda. Adliya vaziriga ko’ra, migrantlar barcha immigratsion qoidalarga rioya qilishi kerak.

“Chegaraga kim kelsa ichkariga kiritilavermaydi. Shuni butun dunyo bilsin. Immigratsiya tizimi qonunga asoslangan”, - dedi Seshns.

Ba’zilar Oq uy ma’muriyatini chegarada to’planib turgan migrantlarga nisbatan toshbag’irlikda ayblamoqda. Adliya vazirining aytishicha, qochqinlik maqomini olmoqchi bo’lgan odamlarning hujjatlarini tekshirish uchun qo’shimcha mutaxassislar safarbar etilgan.

“Janubi-g’arbiy chegaramiz tomon 35 ta prokurorni, immigratsiya masalalari bilan shug’ullanuvchi 18 ta sudyani yo’lladik”, - dedi Seshns.

Dushanba kuni Vashingtonda muloqot qilgan AQSh va Meksika tashqi ishlar vazirlari immigratsiya masalalaridan tashqari qoradori, qurol va inson savdosi bilan shug’ullanuvchi jinoiy to’dalarga qarashi hamkorlikda kurash xususida ham gaplashdi.

Mayk Pompeoning aytishicha, AQSh va Meksika Markaziy Amerika mamlakatlarida turmush tarzini yaxshilashga yordam berishi kerak, toki mintaqa aholisi o’z mamlakatlaridan qochmasin.

“Gonduras, Gvatemala, Salvador hukumatlari bilan ichki xavfsizlik va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish, zo’ravonlik va korrupsiyaga qarshi kurash bobida hamkorlik qilyapmiz”, - dedi AQSh davlat kotibi.

Meksika tashqi ishlar vazirining bildirishicha, meksikaliklar oldingiday AQShga endi yoppasiga ko’chib bormayapti, aksincha Meksikaning o’zi endi migrantlarni qabul qilmoqda.

“Migrantlar qayerdan kelishidan qat’i nazar ularning asosiy huquqlarini ta’minlash muhim”, - dedi Luis Videgaray Kaso.

Meksika vaziriga ko’ra, AQSh va Meksika rasmiylari tez kunlarda Gvatemala, Gonduras, Salvador va boshqa mamlakatlar vakillari bilan Vashingtonda uchrashib, immigratsiya va chegara xavfsizligi masalalarini muhokama etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG