Breaking News

Tramp Meksika bilan chegarani yopishga do'q-po'pisa qilmoqda


AQSh-Meksika chegarasi
AQSh-Meksika chegarasi

Markaziy amerikalik migrantlar AQSh chegarasi tomon yurishda davom etarkan, Prezident Donald Tramp mintaqadagi mamlakatlarni migrant oqimini to’xtatishga harakat qilmayotganlikda ayblab, Markaziy Amerikaning uch mamlakati – Salvador, Gvatemala va Gondurasga yordamni to’xtatmoqchi va Meksika bilan janubdagi chegarani yopmoqchi.

Har kuni chegarada 2000 ga yaqin xorijlik ushlanmoqda. Migrantlar oqimi o’tgan yilga qaraganda 97 foizga oshgan.

“Meksika ularni to’xtatishi mumkin”, - deydi Tramp.

Aks holda prezident chora ko’ramiz, deydi.

“Ayni damda Gvatemaladan ikkita yirik guruh Meksika orqali biz tomon kelyapti. Meksika ularni to’xtatishi mumkin, ammo to’xtatmayapti. Agar shunday qilishmasa, chegarani yopamiz. O’yin emas bu”, - dedi Tramp.

1985-yilda Prezident Ronald Reygan AQShning narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasining agenti Meksikada o’g’irlanishi ketidan chegarani yopishni buyurgan edi. Agar Tramp ham shunday qilsa, ikki mamlakat o’rtasidagi savdoga putur yetishi mumkin. Ayni damda o’zaro yillik savdo qiymati 500 million dollardan oshadi.

Meksika Tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrardning aytishicha, uning mamlakati tahdidlarga quloq solmaydi, migratsiya muammolarini mas’uliyat va hurmat bilan hal qilishga urinadi.

AQShning Nyu-Meksiko shtatidan demokrat senator Tom Udallning aytishicha, janubiy chegara yopilsa, 1,4 milliard dollarlik kundalik savdo to’xtaydi.

Oq uy bundan boshqa yo’l yo’qligini aytadi.

“Demokratlar chegara xavfsizligi uchun qo’shimcha pul va chegarachi bermaganidan keyin, Janubiy va Markaziy Amerika fuqarolarining AQShga yopirilib kelishiga sabab bo’layotgan qonunni o’zgartirmaganidan keyin prezident bunday chora ko’rishga majbur”, - deydi Oq uy ma’muriyati boshqaruvchisi Mik Malveni.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG