Breaking News

Arab Ligasi Isroil va Falastinga yer almashishni taklif qildi


Davlat kotibi Jon Kerri, Qatar Bosh vaziri Shayx Hamad bin Jassim al-Tani Vashingtonda ko'rishayapti.
Davlat kotibi Jon Kerri, Qatar Bosh vaziri Shayx Hamad bin Jassim al-Tani Vashingtonda ko'rishayapti.
Arab Ligasi Isroil-Falastin ziddiyatini hal qilishda va bo’lg’usi chegaralarni belgilashda yer almashish taklifiga ishora qilmoqda.

Isroil bu tashabbusdan mamnun.

Arab Ligasi delegatsiyasi Vashingtonda Davlat kotibi Jon Kerri bilan shu haqda gaplashib olgan.

Liga avval Isroildan 1967-yilda bosib olingan barcha yerlardan chiqib ketishni, shundagi arab dunyosi yahudiy davlati bilan tinch-totuv yashashga rozi ekanini aytib kelayotgan edi.

Arab Ligasi pozitsiyasi yumshashi, Falastin va Isroil o’zaro kelishgan holda yer almashishi haqida gap ochgani tinchlik muzokaralari uchun ijobiy hol, deydi tahlilchilar.

Davlat kotibi Jon Kerri muloqotni “samarali va pozitiv” deya ta’riflayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG