Breaking News

Kongressga saylovlar Tramp prezidentligi bo’yicha referendum sifatida ko’riladi


Noyabr oyida AQShda Kongressga saylovlar bo’lib o’tadi. Amaldagi qonunchilar va nomzodlar Vakillar palatasidagi barcha 435 o’rin va Senatdagi 100 o’rindan 34 tasi uchun bellashadi.

Xalqaro hayot - 15-fevral - Kongressga saylovlar va Trampning prezidentligi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:57 0:00

Prezident saylovlaridan ikki yil keyin o’tadigan parlament saylovlarida odatda prezidentning partiyasi Vakillar palatasida o’rtacha 30 ta o’rin, Senatda esa taxminan ikkita o’rin boy beradi. Prezident Donald Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, tarixga e’tibor bermaslikka chaqirdi.

Tramp ikki yil oldin unga ovoz bergan saylovchilar bu gal saylovga chiqmasligi mumkin degan xavotirda.

“Ular hammasi yaxshi bo’ladi deb, xavotir olmayotgan bo’lishi mumkin, qarshi taraf saylovchilari esa g’alabaga muhtoj, shijoati, ruhi balandroq. Biroq shu paytgacha erishilgan yutuqlarimizni hisobga olsak, saylovda yaxshi natija ko’rsatamiz degan umiddaman, garchi tarix biz tomonda bo’lmasa ham”, - dedi Tramp.

“Uchinchi yo’l” deb nomlanuvchi tadqiqot markazi xodimi Jim Kesslerning aytishicha, tarixan prezidentning partiyasi Kongressga saylovlarda yaxshi natija ko’rsatmaydi va bu yilgisi ham qoidadan istisno emas.

“Bu reytingi eng past prezidentdir. Agar demokratlar jamiyatning barcha tabaqalari bilan yaxshi ishlasa, ancha ko’p o’rin yutib ketishi mumkin”, - deydi u.

Tramp kuchli iqtisodiyot va soliqlarni kamaytirishga qaratilgan qonun hisobiga reytingini oshirishga umid qilmoqda.

Shunday bo’lgan taqdirda respublikachi nomzodlar saylovda yaxshi natija ko’rsatishi mumkin.

“Agar Amerika xalqiga yutuqlarimizni tushuntirib bera olmasak, boshqa ishga o’tishimiz kerak bo’ladi”, - deydi respublikachilarning Vakillar palatasidagi sardori Mitch Makkonel.

O’tgan yili Alabama va Virjiniyada o’tkazilgan saylovlarda demokrat nomzodlar g’alaba qozondi.

Partiya faoli va milliarder Tom Steyer Trampni impichment qilishga da’vat etuvchi reklama kampaniyasini moliyalamoqda.

“Mening kurashim Donald Trampni Oq uydan haydashga qaratilgan. Buning uchun noyabr saylovlarida Vakillar palatasi nazorati biz demokratlar qo’liga o’tishi kerak”, - deydi u.

Respublikachilar iqtisodiy yuksalish Tramp reytingini oshiradi, deya umid qilmoqda, deydi tahlilchi Maykl Baron.

“Statistika iqtisodiyot o’sayotganini ko’rsatmoqda”, - deydi Vashingtondagi “Amerika tadbirkorlik instituti” eksperti.

Yana bir tahlilchi Jon Xudakning aytishicha, ko’pgina saylovchilar va, ayniqsa, Trampning tanqidchilari bu yilgi saylovlarni Tramp bo’yicha referendum sifatida ko’rmoqda.

“2018-yil saylovida prezident hal qiluvchi omil bo’ladi. Ba’zilar nazarida, demokratlarda keng omma manfaatlarini qamrovchi reja yo’q, shu sabab ular yaxshi natija ko’rsatmaydi. Ammo aslida bunday rejaga hojat yo’q”, - deydi Vashingtonda joylashgan Brukings instituti tahlilchisi.

Demokratlar har ikki palatada ustun bolishi uchun Vakillar palatasida qo’shimcha 24 ta, Senatda esa ikkita o’rin qo’lga kiritishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG