Breaking News

Amerika qurolli kuchlari safida kimlar xizmat qiladi?


Qurolli kuchlarda kimlar xizmatda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:52 0:00

Donald Tramp prezidentligining birinchi yilida irq va irqchilik yuzasidan bahslar avj oldi. Uning ma’muriyati muayyan davlatlar fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlab qo’ydi. Oq tanli irqchilar Virjiniyada marsh uyushtirganda esa prezident ularni qoralashga shoshmadi. Tramp - oliy qo’mondon. Merilend shtatida joylashgan Endryuz havo bazasidamiz.

Serjant Tuan Nuyen ishini juda yoqtiradi.

“Birinchi xonim Melaniya Trampni ham, prezidentni ham bir necha bor ko’rganman”, - deydi u.

Harbiyning ota-bobolari Vyetnamdan. O’zi Endryuz havo bazasida xizmat qiladi. Prezident, vazirlar foydalanadigan harbiy inshoot bu.

“Yangiliklarda Amerikaga chet eldan mehmon kelayapti deb xabar berishsa, biz ularni bazamizda kutib olayotgan bo’lamiz”, - deb tushuntiradi serjant Vanessa Shuk.

Uning kuni parvozlar bilan o’tadi. O'zi Kolumbiyada tug’ilgan, bolaligida oilasi Floridaga ko’chgan. Immigratsiya yuzasidan bahslarni kuzatib boradi.

“Armiyaga qo’shilganimdan keyin AQSh fuqaroligini olganman”, - deydi Vanessa.

Uning siyosat bilan ishi yo’q.

“Konstitutsiyani himoya qilishga so’z berganmiz. Tramp - oliy qo’mondonimiz”, - deydi u.

Bazada hammadan shu gapni eshitasiz.

“Armiya boshqa ish beruvchilarga o’xshamaydi. Bir oilamiz”, - deydi Endryu Seyger.

Tom Maxonining vazifasi - tenglik va xilma-xillikni ta’minlash. Turli din, irq, elat vakillaridan iborat armiya kuchli bo’ladi, deydi u. Diskriminatsiyaga o’rin yo’q.

“Lekin bu illat baribir uchrab turadi. Hayron emasman”, - deydi Maxoni.

12 ming xizmatchidan iborat bazada yiliga taxminan 5-10 ta shikoyat tushadi. Aksariyati qasoskorlik, yosh bo’yicha kamsitish yoki irqiy diskriminatsiyaga oid shikoyatlar.

Baza cherkovida mayor Kristal Jouns deydiki, diskriminatsiya hamon uchraydi. Yillar davomida bu muammoga ko’z yumilgan.

“Erkaklar klubi degan sarqit tushuncha hamon bor. Odatda oq erkaklar”, - deya izohlaydi u.

Irqiy diskriminatsiya haqida gap ketganda, deydi suhbatdosh, bugungi voqelik tan olinyapti.

“Mamlakatimizda shunday davr bo’lganki, irq haqida og’iz ochmasdik, bunga doir muammolarni chetlab o’tardik. U paytlar o’tmishda qoldi. Hozir hamma irqchilik borligidan xabardor va muhokama qilyapmiz”, - deydi Jouns.

AQSh o’tgan yillar ichida turli xil g’alayonlarni boshdan kechirdi. Harbiylar o’zaro hurmat haqida bong urishdan to’xtamaydi.

“Safdoshingizni hurmat qila olmasangiz, safimizni tark eting”, - degan bayonotlar yangramoqda.

“Qora tanlilar ham odam degan harakat boshlangan shaharlardan, quldorlar sharafiga haykal qo’yilgan qishloqlardan o’g’il-qizlarimiz bor armiyada. Jamiyat ikkiga bo’linganini ko’rib turibmiz. Lekin vatan himoyasi uchun bu tavofutlarni chetga surib, birga xizmat qilamiz”, - deydi mayyor Ronald Grin.

Serjant Naim Singlton irqchilik borasida harbiy yetakchilar tutgan yondashuvdan faxrlanishini aytadi.

“Men qora tanliman, xotinim oq tanli. Diskriminatsiyaga ko’z yumishsa, havo kuchlarida xizmat qilmasdim”, - deydi u.

Singltonning bir qizi bor. Yosh avlodga o’rnak bo’lishimiz kerak, deydi u. Toki jamiyat insonni terisining rangiga qarab emas, iqtidoriga qarab baholasin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG