Breaking News
Din

Amerikada yahudiy va musulmonlar hamjihatlikni mustahkamlamoqda


Yahudiy-musulmon hamjihatligi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00

Tomosha qiling!

AQShda besh million yahudiy yashaydi. Bir necha o'n yildan so'ng musulmonlar soni bundan oshib ketishi kutilyapti. Mamlakatdagi yetakchi yahudiy tashkiloti ikki e'tiqod o'rtasidagi aloqalarni yaxshilashga urinmoqda.

Yahudiy-musulmon muloqoti, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

"Dunyo bo'ylab ko'plab joylarda, Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikada ko'plab musulmonlar ekstremizmga qarshi uyg'onish pallasiga kiryapti", - deydi sobiq jihodchi Majid Navaz.

U Amerika yahudiylari jamiyatining bu yilgi kengashida chiqish qilgan musulmon faollaridan biri.

Ekstremizm va zo'ravonlik haqida gapirganda, biz musulmonlar uning birinchi qurboni ekanimizni unutmaylik", - deydi yana bir faol Zaynab al-Suvayj.

U arab dunyosida yahudiylarga qarshi kayfiyat kuchli ekanini katta muammo sifatida tilga oladi.

"Qur'onda hammamiz bir Xudodan ekanimiz va unga ibodat qilishimiz va ahli kitob ekanimiz haqida oyatlar bor. Buning aksini aytuvchi oyatlar ham bor", - deydi u.

Yahudiy yetakchi Noam Marans ko'plab yahudiylarning musulmonlar bilan muloqotga tayyor ekanini aytadi.

"Har qanday muloqotda xavf-xatar va xato qilishga moyillik bo'ladi. Bizni yakson qilishga bel bog'laganlarning yanada kuchayishiga imkon berishdek xatoga yo'l qo'ya olmaymiz", - deydi u.

Boshqa yahudiy tashkilotlari ham hamkorlik tarafdori, ammo ular orasida eng katta va ta'sirchani bu Amerika yahudiylari jamiyatidir.

Shu tashkilot sa'y-harakati bilan yarim asr avval Katolik cherkovi yahudiylarni la'natlangan xalq deya tamg'alashni to'xtatgan.

Umid shuki, musulmon-yahudiy muloqoti o'tgan 50 yil davomida nasroniylar bilan o'rnatilgan iliq do'stlikka o'xshash ijobiy natijaga yetaklaydi. Ammo hozir sharoit boshqacha.

"Sizdek faollarni chaqirdik, chunki sizlar yahudiylar jamoasiga bilan aloqaga egasiz", - deydi Marans.

Unga ko'ra, musulmonlarda barchaning boshini qovushtiradigan Rim papasidek yetakchi yo'q.

Isroil-Falastin mojarosi bo'yicha ham yahudiy va musulmonlar farqli qarashlarga ega.

Sara Eyder yosh musulmonlar bilan ishlaydi.

"Ixtilof nazoratdan chiqqandek hozir. Yahudiy-katolik yoki yahudiy-nasoro aloqalarining ming yillik tarixiga qarang. Ular hozirgidek tinch va baxtli yashashadi deb hech kim o'ylamagan edi", - deydi u.

Ko'plab musulmonlar va yahudiylar fikricha, agar bunday muloqot muvaffaqiyatli chiqishiga umid bo'lsa, buni faqat Amerikadan kutish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG