Breaking News

Shimoliy Koreyaning sanksiyalardan toqati toq


AQSh-Shimoliy Koreya muzokaralari qay bosqichda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:00 0:00

Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya bilan diplomatik muloqot joyida desa-da, Pxenyan toqati toq bo’lganini bildirmoqda. AQSh rahbari Kim Chen Un bilan Singapurda uchrashib, bitim imzolaganiga bir yil to’ldi. O’shandan buyon hech narsa o’zgargani yo’q.

Shimoliy Koreya bo’yicha savollarga javob berar ekan, Prezident Tramp deydiki, bu davlatning AQSh bo’yicha maxsus elchisi Vyetnamdagi sammit ketidan qatl etilgani yolg’on bo’lib chiqdi. AQSh rahbari fikricha, Pxenyanni qurolsizlantirish bo’yicha muzokara natija beradi.

“Kim Chen Un ham, men ham kelishuv imzolashni istaymiz. U bilan yana uchrashish niyatidaman”, - deydi Tramp.

Bundan bir yil oldin Tramp va Kim tinchlik yo’lida birga harakat qilamiz, deya Singapurda bitim imzolagan. Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, agar Vashington yondashuvini o’zgartirmasa, bu hujjat bir parcha qog’ozga aylanadi.

Joriy yil fevralida ikki rahbarning Vyetnamda o’tgan uchrashuvi esa natija bermadi. Tomonlar qurolsizlanish va sanksiyalarni qachon bekor qilish yuzasidan bir to’xtamga kela olmagan. Shimoliy Koreya o’shandan buyon sukut saqlab kelayotgan edi.

Ekspertlarga ko’ra, hozir Xitoyning ham e’tibori Shimoliy Koreyaning yadro dasturida emas.

“Vashington va Pekin o’rtasidagi savdo urushining bir oqibati shuki, Shimoliy Koreya mavzusi AQSh-Xitoy aloqalari kun tartibida muhim bo’lmay qoldi. Hozir Xitoyni bu masala bo’yicha hamkorlikka ko’ndirish qiyin, chunki Xitoy boshqa narsalar bilan band”, - deydi siyosatshunos Skot Snayder.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning keyingi diplomatik harakatlarini bashorat qilishi qiyin. Kim shu hafta gimnastika va san’at festivalining ochilish marosimida qatnashib, so’ng tadbirni to’xtatib qo’ygani ham kuzatuvchilarni ajablantirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG