Breaking News

Braziliya va Germaniya AQSh ustidan BMTga arz qiladi


AQShning maxfiy kuzatuv dasturlaridan g’azablangan ikki davlat – Germaniya va Braziliya fuqarolarning daxlsizligini kafolatlovchi rezolyutsiya loyihasini olg’a surmoqda.

Janubiy Amerika va Yevropa diplomati kecha bu borada gaplashib olgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt internetni ham o’z ichiga olsin, degan fikrda ular yakdil.

Rezolyutsiya matni BMT Bosh Assambleyasida ovozga qo’yilishi kutilmoqda. Ammo u majburiy kuchga ega emas. Maqsad – AQShning global miqyosda olib borilayotgan kuzatuv dasturlariga nisbatan norozilik bildirish.

Amerika xavfsizlik agentligi xorijiy fuqarolar qatorida 35 dan ziyod davlat rahbarlarining ham telefon muloqotlari va elektron aloqalarini kuzatgani bosh bo’lgach, ittifoqchilar Vashingtondan tushuntirish talab qilmoqda.

Yevropaning razvedka rahbarlari va qonunchilardan delegatsiya yaqin orada Vashingtonga safar qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG