Breaking News

AQSh atom inshootidagi tankerlardan biri teshilgan


Xanford (Hanford) atom inshooti, Vashington shtati, AQSh
Xanford (Hanford) atom inshooti, Vashington shtati, AQSh
AQShning Vashington shtatidagi Xanford atom zavodidan radioaktiv suyuqliklar oqib chiqayotgani aniqlangan.

Tankerlardan biri teshilgan, deydi mutaxassislar. Yiliga 1,135 litr suyuqlik chiqayotgani ayon. Bu mahalliy suvlarga ulkan zarar yetkazadi.

Shtat gubernatori Jey Insli g’azabda. Bir necha yil oldin ham shunday ma’lumot berilganida, zavod rahbariyati tanker tuzatildi deya hisobot bergan edi, deydi u.

Chiqindini tozalash va uning ta’siridan qutulish uchun uzoq yillar va milliardlab dollar pul kerak.

Har bir tankerda o’rtacha, 1,7 million litr radioaktiv modda bor. Yadroviy qurollar uchun qo’llangan plutoniy ishlab chiqarishidan qolgan material.

Oxirgi marta Xanford zavodida 2005-yilda yuqoridagi kabi teshik topilgan edi.

Inshoot Ikkinchi jahon urushi paytida, Amerika yashirin tarzda atom quroli ustida ishlayotganida ochilgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 16-fevral, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:55 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG