Barak Obama prezidentlik uchun ikkinchi bor qasamyod keltirib, Oq Uyda yangi muddatini boshladi. 21-yanvar kuni inauguratsiya ketidan Vashingtonda qator ziyofatlar berildi. Ulardan ikkisi oliy darajali bo'lib, prezident va uning rafiqasi Mishel ular mehmoni bo'ldi. Balni esa ularning raqsisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.