Breaking News

Kaliforniya va Florida sohillarida neft qazilishi mumkin


Amerika qirg’oqlaridan neft olish muhokamada
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:47 0:00

AQSh o'ziga tegishli dengizosti hududlaridan neft qazishga ruxsat bermoqchi. Jumladan, Kaliforniya va Florida shtati sohillariga yaqin joylar haqida gap ketmoqda.

Suvga neft quyilishidan xavotirlanayotgan tomonlar esa dengiz ekotizimini himoya qilish ahdida qat'iy.

Besh yil ichida amalga oshishi kutilayotgan loyiha 2017-yil aprelida Prezident Donald Tramp taklif qilgan rejadan ham kengroq qamrovga ega.

AQSh Tabiiy va madaniy boyliklar vazirligi mamlakat sohillarida neft qazib olish huquqini sotish bo'yicha 47 ta kimoshdi savdosi o'tkazishni rejalayapti.

“Amerika energetik hukmronligini o'rnatish, qurg’oq bo’yi boyliklarini qachon va qanday o'zlashtirish, ulardan to’g’ri foydalanish yo'llarini ko'rib chiqish payti keldi”, - deydi vazir Rayan Zinki.

Loyiha AQShdagi 26 qirg’oqbo’yi hududlaridan 25 tasida burg’ulash huquqini sotishni ko'zlaydi. Ular orasida Arktika, Tinch okeani, Atlantika okeani sohillari ham bor.

“Kaliforniya uchun loyihani qabul qilmaslik harakatidamiz. Shahar miqyosida burg’ulash lizing shartnomasini rad etishni muhokama qilyapmiz. Yaqin oylarda Sakramento shahrida bir qarorga kelishni kutyapmiz”, - deydi soha tadqiqotchisi Jon Fleming.

Yaqin yillarda Kaliforniya va Meksika ko’rfaziga to'kilgan neft dengiz, qushlar, ekologiya va mahalliy iqtisodiyotni barbod qilgan edi. Bunday sharoitda Tramp ma’muriyati rejasining amalga oshishi qiyin.

Trampning yaqin hamkori bo'lishiga qaramay, Florida gubernatori Rik Skot shtat qirg’oqlarida neft qazish ishlariga qarshi ekanini e'lon qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG