Breaking News

AQSh Falastinda FATX-XAMAS hukumati bilan ishlashga tayyor


Falastin prezidenti Mahmud Abbos (markazda) FATX va XAMAS vakillaridan iborat yangi qo'shma hukumat bilan majlis qilmoqda, Ramalloh, G'arbiy Sohil, 2-iyun, 2014-yil
Falastin prezidenti Mahmud Abbos (markazda) FATX va XAMAS vakillaridan iborat yangi qo'shma hukumat bilan majlis qilmoqda, Ramalloh, G'arbiy Sohil, 2-iyun, 2014-yil
Qo’shma Shtatlar Isroil xavotiriga qaramay Falastinda ikki yirik siyosiy partiyaning sulh qilib, umumiy hukumat tuzilganiga e’tiroz bildirayotgani yo’q. Isroil yangi hukumat XAMAS ta’siri ostiga tushib qolishidan tashvishda.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jennifer Psakining aytishicha, Qo’shma Shtatlar FATX va XAMAS tuzayotgan hukumatning ishiga qarab baho beradi.

"Bu hukumat bilan ishlashga tayyormiz. Umid qilamizki, Isroilga qarshi harbiy harakat olib bormaslik va uni tan olish qarorida qat’iy turiladi", - dedi Amerika rasmiysi.

Unga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Falastin hukumatiga moddiy yordam berishda davom etadi hamda uning harakatlari va siyosatini kuzatadi.

Yangi hukumat kecha qasamyod keltirdi. FATX so’nggi yetti yildan beri G’arbiy Sohilni, XAMAS esa G’azo Sektorini boshqarib kelayotgan edi.

Isroil tinchlik muzokaralarini FATX raisi Mahmud Abbos bilan olib borgan, XAMAS ni esa terrorchi tashkilot deb biladi.

Bu davlat bosh vaziri Benyamin Netanyaxu dunyo hamjamiyatidan qo’shma hukumatni tan olmaslikni so’ragan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG