Breaking News

2014-yil AQSh siyosatida nimalar kutilyapti?


Kongressga saylovlar - US Politics, Elections 2014
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:14 0:00

Kongressga saylovlar - US Politics, Elections 2014

2013-yil siyosat sohasida AQSh uchun og’ir kechdi. Yil oxiriga borib prezident Obamaning ham, ikkala partiyaning ham reytingi tushib ketdi. Kuzatuvchilarga ko’ra, 2014-yilning bundan yaxshiroq bo’lishini kutish qiyin. Chunki yangi yilning noyabrida Kongressga saylovlar bo’lib o’tadi.
2014-yil AQSh siyosatida nimalar kutilyapti, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:08 0:00
Yuklab oling
2013-yilning oxiriga kelib ommaviy so’rovlardan xalqning siyosatchilardan hafsalasi pir bo’lgani ayon bo’ldi. Sog’liqni saqlash haqidagi yangi qonunda mavjud kamchiliklar bois Obamaning obro’siga putur yetdi.

Kongress va har ikki partiya faoliyati haqida ham aholi iliq fikrda emas. Demokratlar sog’liqni saqlash tizimidagi nosozliklar uchun ayblangan bo’lsa, respublikachilar hukumatni 16 kun ishdan to’xtatib qo’ygan byudjet tanqisligi uchun asosiy javobgar sifatida ko’rildi.

2014-yilda Kongressga saylovlar bo’lib o’tishi kerak. Obama uchun bu jiddiy sinov, deydi Vashingtondagi har ikki partiya bilan ishlovchi markaz tadqiqotchisi Jon Fortier.

“Obama ham ko’plab boshqa prezidentlar ikkinchi muddati davomida duch kelgan xatoliklarga yol qo’ymoqda. Hukumat bo’lingan. Uning xalq orasida obro’si past. O’rtada bo’lib o’tadigan saylovning birinchi yoki ikkinchi muddatini o’tayotgan prezident uchun yoqimli bo’lmasligi aniq. Shuning uchun prezident oldida jiddiy sinovlar turibdi”, - deydi u.

Obamaning umid qilishicha, ikkala partiya birgalikda qabul qiladigan yangi byudjet kelasi yili kamroq siyosiy ixtiloflar bo’lishini ta’minlaydi. Ammo tomonlarning uzoq vaqt kelishuvga erisha olmagani xalq orasida Vashingtonga nisbatan ishonchning susayishiga sabab bo’lmoqda.

“Amerikaliklar uchun bu maqbul ish emas. Ular bizdan, hammasini bajara olmasak ham, muammolarni hal qilishimizni va amaliy ish bajarishimizni talab qilmoqda”, - deydi Obama.

Vakillar palatasining respublikachi spikeri Jon Beyner ham xalqni o’ylab murosa yo’li tanlanganini aytadi.

“Bularning hammasi biz xohlagandek bo’lmadi. Ammo bizni bu yerga ishlash uchun yuborgan Amerika xalqi oldida o’z vazifamizni bajarishimiz uchun umumiy manfaatlarni topishimiz kerak”, - deydi u.

2014-yilda byudjet atrofidagi bahslar o’tgan yilga qaraganda u qadar ziddiyatli bo’lmaydi, deydi kuzatuvchilar. Chunki har ikki partiya noyabr bo’ladigan saylovlar oldidan saylovchilar ishonchini qozonishga urinadi.

Ammo Obama taqdim etgan sog’liq sug’urtasiga oid qonun yuzasidan respublikachilar qarshiligi davom etishi kutilyapti.

Demokratlar hozir qonun ijrosi bilan bog’liq kamchiliklarni tuzatishga zo’r bermoqda. Chunki bu boradagi muammolar saylovda ularga pand berishi mumkin.

Vashingtondagi mustaqil siyosiy tahlilchi Styuart Rotenberg ham shunga urg’u beradi.

“Muammo shundaki, bularning barchasi uchun demokratlar ovoz bergan. Prezident obro’si pand yegan masala ham shu. Shuning uchun saylovchilar noroziligini Obamaga saylov orqali bildirishi mumkin. Obamaning nomi saylov qog’ozlarida bo’lmaydi. Ammo ular demokratlarga qarshi ovoz berishi mumkin”, - deydi u.

Prezident Obamaning siyosiy reytingi eng quyi nuqtaga tushgan. Bu esa saylovda demokartlar uchun muammo tug’dirishi mumkin.

Ammo Obama hanuz katta siyosiy kuch, deydi tahlilchi Rods Kuk.

“Prezident ixtiyorida ko’p narsa bo’lmasligi mumkin, ammo u uchun Oq uyning minbari doim muntazir. Bu minbar matbuot e’tiborini, xalq e’tiborini tortish qudratiga ega. Bu yerdan turib u hukumatning boshqa qismlariga ta’sir o’tkazishi mumkin”, - deydi tahlilchi.

Obama o’z dasturlarini to’liq amalga oshira oladimi yoki yo’q, buni noyabrgi saylov hal qiladi. Saylovda Vakillar palatasidagi jami 435 o’rin ovozga qo’yiladi. Senatdagi 100 o’rinning uchdan biri hamda 36 shtatdagi gubernatorlik uchun ham saylovlar bo’lib o’tadi. Hozir Vakillar palatasidagi aksariyat o’rinlar respublikachlar ixtiyorida, demokratlar esa Senatda ustunlikka ega.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG