Breaking News

AQShda matbuot erkinligi tahdid ostidami?


Jurnalist Andrea Sahurining hibsga olinish payti, 31-may, 2020-yil
Jurnalist Andrea Sahurining hibsga olinish payti, 31-may, 2020-yil

AQShda o’tgan yilgi ommaviy namoyishlar ketidan ayrim muxbirlar ushlanib, sudga tortildi. Ketayotgan haftada sud ayovalik bir jurnalistni unga qo’yilgan ayblovdan ozod etdi. Namoyishlardan birini yoritgan gazeta muxbiri Andrea Sahurining aytishicha, politisyachilar uning yuziga qalampir sepishgan, so’ng hibsga olishgan.

AQShda matbuot erkinligi tahdid ostidami?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

“Politsiyachilardan qochish yaxshi emasligini bilgandim. Aslida yomon ishga qo’l urmayotgandim ham. Qo’llarimni ko’tarib, “matbuotdanman” deb hayqirdim”, - deydi u.

O’tgan yili Minneapolis shtatida qora tanli Jorj Floydning politsiya qo’lidan o’lishi ketidan mamlakatni norozilik namoyishlari qamrab oldi. Voqealarni yoritaytotgan ayrim jurnalistlarning o’zi matbuot diqqat markaziga tushdi. Matbuot erkinligi darajasini o’rganuvchi bir tashkilot ma’lumotiga ko’ra, 2020-yilda AQShda salkam 130 jurnalist ushlangan yoki hibsga olingan

“Bu 2019-yilga qaraganda 1200 foizga ko’p. Faoliyatimizni 2017-yilda boshlagan bo’lsak, tariximizda bunchalik ko’p jurnalist hali ushlanmagan. Aql bovar qilmaydigan holat. Ishni sudga nega oshirishganini haligacha tushunmayman”, - deydi tashkilot bosh muharriri Kirstin Makkaden.

Ko’p hollarda muxbirlar sudda ayblovdan ozod etildi. Sahurini javobgarlikka tortishga uringan prokurorlarning aytishicha, u va uning yigiti Spenser Robnett politsiyachilarning tarqalish haqidagi buyrug’ini inkor etgan.

“Muxbirning chap qo’lidan ushladim, chunki hali ham joyida turgan edi, ketmadi. Keyin qo’lini tortib chiqarishga urindi. Shunda janob Robnett yonimga kelib, uning o’ng qo’lidan tortib, nazoratimdan chiqarmoqchi bo’ldi”, - deydi politsiyachi Lyuk Vilson.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Xalqaro Amnistiya” tashkilotiga ko’ra, Sahurining ishi Amerikada matbuot erkinligi uchun sinovdir.

“Namoyishni yoritayotgan muxbirni sudga berish o’ta xavotirli holatdir. Bu inson huquqlarining poymol etilishi, Konstitutsiyaning birinchi tuzatishi bilan faxrlanib yuradigan Amerika uchun huquq buzilishidir”, - deydi tashkilot vakili Denis Bell.

Sud hay’ati Sahurini aybsiz deb topdi. Matbuot erkinligi himoyachilarining aytishicha, kasbiy faoliyati paytida hibsga olingan boshqa jurnalistlar ishini ko’rishda Sahurining sud jarayoniga e’tibor berilishi mumkin endi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG