Breaking News

Irqiy adolat va ijtimoiy tenglik uchun harakat yangi bosqichga chiqmoqda


Portland shahrida namoyish
Portland shahrida namoyish

Irqiy adolatni targ’ib qilayotgan faollarning aytishicha, so’nggi bir oyda AQShda kuzatilayotgan namoyishlar yangilik emas, yolg’iz Jorj Floydning o’limi sabab boshlangani yo’q. Bu harakat yillar davomida shakllanib, kuchga to’lishi uchun ko’p odamlar politsiya qo’lidan qurbon bo’lgan, deydi ular.

“Jamoatchilikning sabr kosasi to’ldi. Jorj Floyddan oldin Filando Kastil, Tamir Rays, Uolter Skott, Lakuan Makdonaldning politsiya qo’lidan o’lgani tasvirlangan videolar chiqqan”, - deydi rangli odamlar huquqlarini himoya qiluvchi NAACP tashkiloti sobiq rahbari Kornel Bruks.

Namoyishchilarning ba’zilari koronavirus pandemiyasi umummamlakat namoyishlarini ruhlantirishga hissa qo’shganini ta’kidlaydi.

“Tizimli irqchilikka virusga qarshi kurashganday kurashaman. Uni virus kabi men ham, ko’plab boshqalar ham tushunmaymiz”, - deydi Vashingtondagi namoyishchilardan biri.

Bu yilgi ko’cha namoyishlari bilan birga ijtimoiy sahifalarda faollik, xayriya tashabbuslari, onlayn petitsiyalar kuzatildi.

“Ishsizlik eng quyi nuqtada. Odamlarda ko’chaga chiqib namoyish qilishga vaqt bor. Hozir biror maqsadga qaratilgan murojaatnomani internetda tayyorlash oson. Odamlarni da’vat etishga, namoyishchilarni suv bilan ta’minlash uchun ko’ngillilarni da’vat etishga”, - deydi "Vashington namoyishlari" guruhidan Xilda Jordan.

Qora tanli amerikaliklar ularga nisbatan odam ajratish va zo’ravonlik yangilik emasligini aytadi.

“Hayotim davomida bu bilan yuzlashib kelaman. Men buni endi tushunib yetayotganim yo’q”, - deydi Sonya ismli yana bir namoyishchi.

Faollarning aytishicha, ijtimoiy sahifalar uyushish va odamlarni xabardor qilishda katta rol o’ynab, harakatni kuchaytirgan.

“Yoshlar xeshteglar o’ylab topmoqda, shiorlar yozishyapti, kundalik hayotni izdan chiqarishyapti, muammolarini dunyoga taratib, hukumatlarni islohotlarga undamoqda, muloqotga chorlamoqda”, - deydi Bruks.

Faollar hozirgi harakat oldingilaridan farq qilishini aytib, haqiqiy o’zgarishlarga yetaklashiga ishonadi. Mahalliy va federal darajada politsiya islohotini o’tkazish mavzusidagi muhokamalar harakat mahsullaridan biri ekani sifatida e’tirof etilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG