Breaking News
Din

Amerikaliklarning 173 millioni o'zini nasroniy deb biladi


AQShda o'tkazilgan so'nggi ommaviy so'rov natijasiga ko'ra, balog'at yoshiga yetgan aholining 173 millioni o'zini nasroniy deb hisoblaydi. 2007-yilda bundaylar soni 178 million atrofida edi.

Pyu tadqiqotlar markazi so'rovnomasidan ayon bo'lishicha, o'zini ateist yoki biror dinga taalluqli deb bilmaganlar so'nggi sakkiz yilda 16 dan 23 foizga oshgan. Bular asosan balog'at yoshidan sal o'tganlar.

AQShda katoliklar safi ayniqsa toraygan. 2007-yilda 54 million odam o'zini Rim katolik cherkovining a'zosi deb bilgan bo'lsa, hozirda bundaylar soni 51 millionga tushgan, protestantlar soni ham kamaygan.

Sakkiz yilda boshqa din vakillari ko'paygan, ayniqsa hindular va musulmonlar orasida. So'rovdan ma'lum bo'lishicha, AQShda turli irq vakillari o'rtasidagi nikohlar ko'paygan. 1960-yilda oldin bunday nikohlar 19 foiz bo'lgan bo'lsa, bugunga kelib 40 foizga yaqinlashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG