Breaking News

Muhojirlar uchun maxsus kulinariya kurslari


Muhojirlar uchun kulinariya treningi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00

Muhojirlar uchun kulinariya treyningi

AQSh oxirgi moliyaviy bir yillikda 100 ming muhojir qabul qilgan. Muhojirlar orasida ayniqsa qochoqlar va boshpana so’raganlar yangi hayot boshlashda yordamga muhtoj. Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi restoranlardan biri ularni qo’llab-quvvatlashni yo’lga qo’ygan.

Qochoqlar uchun kulinariya darslari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Emma Torch - Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi kichik restoran. Bu joy dam olish kunlari va erta tushlik paytida gavjum.

Restoranning boshqalardan farqi oshxonaga qochoq va odam savdosidan omon qolganlar jalb qilingan.

“Amerikaga yangi kelganlar tezda ish topib ketishi qiyin. Lekin ularning bilimi, tajribasi, madaniyatidan jamiyatimizga foydali jihatini topsa bo’ladi. Ovqatni esa hammamiz yeymiz deb, shu ishni boshladim”, - deydi restoran egasi Kerri Brodi.

Klodin G’arbiy Afrikada ayollar huquqi faoli bo’lgan. 2014-yilda boshpana so’rab AQShga keldi. U Xalqaro Qutqaruv Qo'mitasida treningdan o'tdi.

“Bir oiladaymiz. O’rgatishadi, biror narsani tushunmasam erinmasdan tushuntirishadi. Ko’p narsa o’rgandim”, - deydi u.

Yangi kelganlar bosh oshpazga shogird tushib sakkiz haftalik mashg’ulotlarda taom tayyorlash sirlarini o’rganadi.

“Har bir xalqning o’ziga xos madaniyati borligini, bu odamlar boshdan kechirganlarini unutmaslik kerak. Tuxumni maromida pishirmasa urushib berishimdan oldin shu omillarni qat’i hisobga olaman. Inson tabiati va oshpazlikni o’rgatish orasidagi muvozanat topish muhim”, - deydi bosh oshpaz.

Restoran oxirgi to’rt oyda sakkiz yangi mutaxassis tayyorladi. Ulardan ikkitasi shahardagi yirik restoranlarda doimiy ishga joylashgan.

“Biz o’qitgan oshpashlar kutganimizdan ortiq natijalar ko’rsatib, ishlayotgan joyida ko’tarilyapti, o’z yo’lini topayapti. Ularning yutuqlaridan xursandmiz, kelajagi bilan qiziqib turamiz”, - deydi Kerri Brodi.

Brodi restoran biznesini kengaytirmoqchi. Nyu-Yorkning boshqa shaharlarida o’xshash restoranlar ochib, kelasi yil 50 nafar qochoqni oshpazlikka o’qitishni rejalayapti.

Klodin esa shu kunlarda treyningni tugatadi.


“Amerika, Afrika taomlarini tayyorlaydigan katta restoran bo’lsa deyman”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG