Breaking News

AQSh Rossiyani o'rta masofali raketalarni yo'q qilish bitimini buzganlikda ayblamoqda


Bitimni 1987-yil 8-dekabrida SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov (chapda) va AQSh Prezidenti Ronald Reygan imzolagan
Bitimni 1987-yil 8-dekabrida SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov (chapda) va AQSh Prezidenti Ronald Reygan imzolagan

AQSh Davlat departamenti vakillari Rossiya bilan O’rta va kichik masofali raketalarni yo'q qilish bitimi xususida muloqot qilsh uchun Moskvaga yo’l olmoqda.

Amerikaga ko’ra, Rossiya ana shunday raketalarini sinab, 1987-yilda imzolangan bitim shartlarini buzdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Meri Xarfning aytishicha, delegatsiya buning sabablarini o’rganmoqchi.

Amerika Tashqi siyosat kengashida tahlilchi Stiven Blank nazarida, Rossiya hujjatga xilof ish tutganini tan olmaydi.

"Aksincha, ular bizni bu yoki boshqa bitimni buzganlikda ayblashadi. Ular uchun bu odatiy hol", - deydi ekspert.

Garvard universitetida siyosatshunos Geri Seymorning aytishicha, Rossiyada ayrimlar bitimdan chiqishga chaqirmoqda.

"Rossiya shartnomada sinovi man qilingan raketalarni ishga solish maqsadida bitimdan chiqmoqchi. Va bu raketalar Yevropadagi nishonlarga, NATOga qaratilgan bo’ladi", - deydi mutaxassis.

Unga ko’ra, Vashington va Moskvaning Ukraina bo’yicha ziddiyatlari bitimga doir muloqotga salbiy ta’sir qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG