Breaking News

G'arb Putinning ballistik raketalar sonini ko'paytirish qarorini sukut bilan qarshi oldi


Rossiya yadro raketalari sonini oshirmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:55 0:00

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat yadro qurollari qatoriga 40 ta yangi qit'alararo ballistik raketa qo'shilishi haqida ma'lum qildi, ammo xalqaro hamjamiyat bunga kutilgan darajada jiddiy norozilik bildirmadi. Hatto Oq uy ham oddiy munosabat bildirishdan nariga o'tmadi.

Putinning e'loni sovuq urushdan keyingi dunyoni larzaga keltiradagidan darajada katta yangilik bo'lishi kutilgan edi.

Putin uni Rossiyaning zamonaviy qurollarnini ko'z-ko'z qilish uchun tashkil etilgan ko'rgazmada o'qib eshittirdi.

"Yadro kuchlarimiz 40 dan ortiq yangi qit'alararo ballistik raketalar bilan ta'minlanadi. Ular tanklarga qarshi, hatto texnik jihatdan eng mukammal mudofaa tizimlarini ham yorib o'tadi", - dedi Rossiya rahbari.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest munosabat bildirar ekan, bosh irg'ashdan nariga o'tmadi.

"Bu haqda eshitdik. Bu borada biror gapimiz yo'q", - dedi u.

Putin bayonoti AQShning sharqiy Yevropa va Boltiqbo'yi davlatlariga qo'shin va qurol-aslaha kiritish rejasiga qarshi Rossiya ogohlantirish berishi ortidan yangradi. Kremlga ko'ra, Vashingtonning bunday qadami xavfli oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Josh Ernestdan esa Rossiyaga o'ziga xos ogohlantirish:

"AQSh xavfsizligimiz, hududimiz va suverenitetimizni himoya qilish uchun lozim bo'lgan barcha choralarni ko'rishda davom etadi. Biz bularning barchasiga jiddiy qaraymiz", - dedi u.

AQSh Putin e'lonidan bezovtalangan NATOdagi ittifoqchilarini himoya qilish ahdida ham qat'iy ekanini bildirdi.

NATO Bosh kotibi general Jens Stoltenberg shunday deydi:

"Rossiyaning yadroviy qurollanishi mutlaqo asossiz. U xavfli va parokandalikka yetaklaydi".

NATO rasmiylari harbiy tayyorgarlikni oshirayotganlari sababini shu voqelik bilan izohlaydi.

Shu hafta Polshada tezkor javob qaytaruvchi old qo'shinlar dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazdi. U o'tgan yili Ukrainada yuz bergan inqiroz ortidan tuzilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG